O‘g‘ri ayol

Assalomu alaykum! Men savdo qilayotgan bozorga bir ayol kishi anchadan beri o‘g‘rilik qilib yurganini bilib qoldik. Ya’ni meni savdo joyimdan ikki blok yog‘ni olganidan so‘ng. Kameradan ko‘rib u o‘g‘ri ayolni ushladik va mendan olgan yog‘ni pulini qaytarib oldim. U qochib ketdi. U mendan oldin ham ko‘p kishini haqlarini eb yurgan ekan. Shunda men uni atrofimdagi savdo qiladiganlarga ogox bo‘lish maqsadida telegramlariga tarqatib yubordim. Shunda ba’zi kishilar yaxshi qilmabsan deyishdi. Men qilgan ishim noto‘g‘ri bo‘ldimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avval ogohlantirishingiz kerak edi. U foyda bermasa keyin o‘sha ishni qilishingiz mumkin edi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 06:41 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar