Iltimos bu savolni xamma ukisin, uziga foyda oladi!
Assalamu alaykum muxtaram Ustoz! ALLOX(j.j) ilmingizni va umringizni yanada ziyoda kilsin va bu xizmatlaringizni ikki dunyoda yaxshiliklar bilan mukofotlasin. Omiyn! Ustoz mana mening shu savolimdan bitta savol pastdagi ("gunoh kabira iltimos Shayh Hazratlaridan boshqa hech kim kirmasin") matnli savolni xozir kurib koldim, lekin kirib ukiganim yuk, axir bir birodarimiz xech kim kirmasin deb omonat gap aytib turibdi, naxotki bizning bu musulmonlar shunchalik gunox kilishga uch bulsa, karanki shu savolni 107 kishi ukib kuyibdi, birodarlar ALLOX(j.j)dan kurkmaysizlarmi, e uyat ana shu savolni ukiganlarga. Kiyomatda kanday kilib javob berasiz shu amalingiz uchun, ALLOX(j.j)dan kurkaylik birodarlar, birovni omonat savolini ukiguncha. Ustoz uzi mana bu benamoz, fosik insonlarni kurib, kalbingiz vayrona buladi, endi uzimizning namozxon, yoki shu saytga kirgan ekanki, demak shariatga kizikkan insonlar ekan, shu insonlar bunday ishlar kilib tursa ulganni ustiga tepkanday bular ekan. Ustoz agar kuzatgan bulsangiz kupchilik mana shunday "omonat savol", "yotok", "jinsiy aloka" matnli savollarni juda xam kup ukishadi, ammo e’tikodga oid, oxiratimiz uchun foydali bulgan masalalarni kam ukishadi, naxotki bizning xozirgi musulmonlar musulmonchilik fakat besh vakt namoz ukishdan iborat, keyin nima kilsang kilaver deb tushunishadimi, undan kura iymonimiz mustaxkam bulishi uchun farz bulgan ilmlarni olsak bulmaydimi?. Ming bor uzr Ustoz kimmatli vaktingizni olib kuydim, rozi buling. Ustoz iltimos siz shu masalada kiskarok tushuncha va tanbex bersangiz va duo kilsangiz, zora biz xam mana bunday birodarlarimiz xam iymonimizni mustaxkamlab, ibodatni tugri kilib, xammamiz ALLOX(j.j)ning roziligiga etishsak, umidimiz xech bir sherigi bulmagan buyuk robbimiz ALLOX(j.j)dan. ALLOX(j.j) sizdan va jumlamizdan rozi bulib, ikki dunyoda uzi biz musulmonlarni yorlakab, yaxshiliklar bilan mukofotlasin. Omiyn! Assalamu alaykum va roxmatulloxi va barokatux!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizga tashakkur! Ming afsuski, siz qilgan mulohazaga oid ishlar bo‘lib turibdi. Alloh taolo barchamizni o‘zi hidoyat qilsin!
29 Aprel 2022, 12:08 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizga tashakkur! Ming afsuski, siz qilgan mulohazaga oid ishlar bo‘lib turibdi. Alloh taolo barchamizni o‘zi hidoyat qilsin!
29 Aprel 2022, 12:08 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom