Gunoh bo‘lmaydimi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ulamolar, men kasbim qossobchilik, qishloq joyida yashayman. Ko‘pincha to‘ylarda yoki boshqa marosimlarda meni hayvon so‘yib taqsimlab berish uchun chaqirishadi. Men borib hayvon so‘yganimda ba’zida uning ichidan 3-4-5-6 oylardagi rivojlanyotgan bolasi chiqib qoladi. Bu menga juda yomon botadi, bunda men ham gunohkor bo‘lamanmi? Men so‘yishdan oldin ulardan ko‘rib oliganmisizlar deb so‘rayman. Uy egalari ham buni bilishmaganini aytadi. Menga maslahat beringlar. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yaxshilab tekshirib keyin so‘yishga harakat qiling, sizga gunoh bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 12:41 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar