Chet elga chiqish
Assalomu alaykum! Chet elga chiqib dam olib kelish, biz sheriklarimiza bilan kelisha olmadik shu masalani, dam olib kelaylik desam isrof bo‘ladi didi. Alxamdulilax 5 maxal namoz o‘qimiza, zakot beramiza, ro‘za tutamiza, savdoda ishlimiza, namozlani o‘z vaqtida o‘qimiza, shucha ishlimiza azgina dam olaylik desam isrof diydi. Dinimizda shu masalaga nima deydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haloldan topib halolga sarflash joiz. Dam olish ham halol sharoitda bo‘lsa shariat tarafidan qarshilik yo‘q. Agar do‘stingiz safarga ketadigan mablag‘ni ehson qilishga, muhtojlarga yordam berishga ishlataylik degan bo‘lsa, ehson insonning ixtiyoriy, savob umidida qiladigan amali unga majburlanilmaydi, inson taqvosi iymonidan kelib chiqib qiladi. Qancha ko‘p qilsa qancha haqlilarini topib bersa shunda ajri savobi ham ko‘p bo‘ladi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 21:49 | Savol-javoblar | 131 | Turli savollar