Shu ismni qo‘yish joizmi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Akam o‘g‘il farzandiga ismini Ilg‘orbek qo‘ymoqchi ekan. Sizlardan iltimos shu ismning ma’nosini aytib bersangizlar. Shu ismni qo‘yish joizmi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ustozimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Hazratlarining “Sog‘lom bola” degan kitoblarini olib o‘qing. SOG‘LOM BOLAGA MUNOSIB ISM TANLASh Bolaning ota-onadagi haqlaridan, ota-onaning farzand oldidagi vazifalaridan biri oilaning yangi a’zosiga ma’nodor, chiroyli ism qo‘yishdir. Bu ishning ahamiyatini anglab etishimiz uchun birgina iqtibos keltirishga ijozat bergaysiz. Husayn ibn Hasan Marvaziy «Kitobul birri vas-sila»da Abul Mo‘’tamirdan keltirgan rivoyatda yozadi: «Umar ibn Abdulazizning huzurida masalalarni muzokara qilishdi. Shunda bir kishi aytdi: «Menga etib kelgan xabarga ko‘ra, tug‘ilgan bolaga ism qo‘ymay turib o‘lgan bo‘lsa, qiyomat kuni otasiga: «Meni ismsiz tark qilding-ku!» deydi». Shuning uchun ham har bir musulmon ota-ona bu muhim ishga alohida e’tibor ila yondashmog‘i lozimdir. O‘zi bilmasa, biladiganlardan so‘rab, o‘rganib, o‘g‘il bo‘lsin, qiz bo‘lsin, farzandiga go‘zal ism qo‘yishi kerak. Qo‘ygan ismida orzu-umid, yaxshi niyat, go‘zallik, xayr-baraka o‘z ifodasini topsin. Farzand katta bo‘lib, oq-qorani taniganda o‘z ismidan uyaladigan bo‘lmasin. Balki ismi unga ziynat bo‘lib tursin. Islomda har bir narsaning go‘zal bo‘lishiga alohida ahamiyat beriladi. Bunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadisi shariflari asos bo‘ladi: عَنِ ابْنِ مَسْعُودٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : «إِنَّ اللهَ جَمِيلٌ يُحِبُّ الْجَمَالَ». رَوَاهُ أَحْمَدُ وَمُسْلِمٌ Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Albatta, Alloh go‘zaldir. Go‘zallikni sevadir». Ahmad va Muslim rivoyat qilishgan. Binobarin, musulmon inson barcha narsada go‘zallikni ko‘zlashi kerak. Jumladan, bolalarga ism qo‘yishda ham. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bolalarga ism qo‘yishga alohida e’tibor berganlar. Bu o‘ta muhim ishning qiyomat kuniga ham bog‘liq joyi borligini aytganlar. وَالْبَيْعَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : «إِنَّكُمْ تُدْعَوْنَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ بِأَسْمَائِكُمْ وَأَسْمَاءِ آبَائِكُمْ، فَأَحْسِنُوا أَسْمَاءَكُمْ». رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَابْنُ حِبَّانَ وَالطَّبَرَانِيُّ هَقِيُّ Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Albatta, qiyomat kuni o‘z ismlaringiz va otalaringizning ismi ila chaqirilursiz. Bas, ismlaringizni go‘zal qiling». Abu Dovud, Ibn Hibbon, Tobaroniy va Bayhaqiy rivoyat qilishgan. Ismning chiroyli bo‘lishi qiyomat kuni ham kerak bo‘lar ekan. Chunki barcha xaloyiq yig‘ilgan joyda birovning ismi aytib chaqirilganda ismi go‘zal bo‘lsa, xursand bo‘lishi, aksincha bo‘lsa, xijolat bo‘lishi tabiiy. Bu holat ushbu yorug‘ dunyoda ham bor. Ismi noqulayligidan xijolat bo‘lib yuradiganlar, ismini o‘zgartirganlar oz emas. Ammo o‘sha narsa avval boshda, bola yangi tug‘ilgan paytda bir yo‘la yaxshilab yo‘lga qo‘yilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Uning musulmon farzandi ekanini dunyoyu oxiratda ismi ham namoyon qilib turadi. Ko‘pchilik sahobalar o‘zlarining yangi tug‘ilgan farzandlarini Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga olib borar edilar. U zot alayhissalom yosh bolalarni ko‘rsalar, xursand bo‘lib ketardilar. Yangi tug‘ilgan bolalarga go‘zal ismlarni qo‘yib berar edilar. عَنْ أَبِي مُوسَى قَالَ: وُلِدَ لِي غُلَامٌ فَأَتَيْتُ بِهِ النَّبِيَّ ، فَسَمَّاهُ إِبْرَاهِيمَ، فَحَنَّكَهُ بِتَمْرَةٍ، وَدَعَا لَهُ بِالْبَرَكَةِ، وَدَفَعَهُ إِلَيَّ، وَكَانَ أَكْبَرَ أَوَلَادِي. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «O‘g‘il ko‘rdim. Uni Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga olib bordim. U zot uni Ibrohim deb nomladilar, xurmo ila tanglayini ko‘tardilar va unga baraka tilab, duo qilib, menga tutqazdilar. U bolalarimning kattasi edi». Ikki shayx rivoyat qilishgan. Mana, Abu Muso Ash’ariy roziyallohu anhu o‘z hayotlarida yorqin iz qoldirgan bu hodisani shavqu zavq ila hikoya qilib bermoqdalar: «O‘g‘il ko‘rdim. Uni Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga olib bordim». Ana shu ishga taqlid qilib, yangi tug‘ilgan farzandni ahli solih kishilar huzuriga olib borish musulmonlar ichida doimiy odatga aylangan. «U zot uni Ibrohim deb nomladilar». Demak, yangi tug‘ilgan farzandlarga ahli fazl, olim va peshvo kishilar tomonidan ism tanlanishi ham yaxshi ish. Chunki unday kishilar bunga o‘xshash ishlarga bog‘liq masalalarni, shar’iy hukmlarni yaxshi biladilar va to‘g‘ri ish ko‘radilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Abu Muso roziyallohu anhuning o‘g‘illariga Ibrohim deb ism qo‘yganlari ham buning bir misolidir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bolasiga noto‘g‘ri ism qo‘ygan otaga tanbeh berib, unday ismni o‘zgartirganlari va yaxshi ismlarni qo‘yib bergan holatlari ham bor. عَنْ سَبْرَةَ بْنِ أَبِي سَبْرَةَ: أَنَّ أَبَاهُ أَتَى النَّبِيَّ فَقَالَ: «مَا وَلَدُكَ؟» قَالَ: عَبْدُ الْعُزَّى، وَسَبْرَةُ، وَالْحَارِثُ، فَقَالَ: «لَا تُسَمِّ عَبْدَ الْعُزَّى»، فَسَمَّاهُ عَبْدَ اللهِ، ثُمَّ قَالَ: «إِنَّ خَيْرَ الْأَسْمَاءِ عَبْدُ اللهِ، وَعَبْدُ الرَّحْمَنِ»، وَدَعَا لَهُ وَلِوَلَدِهِ، فَلَمْ يَزَالُوا فِي شَرَفٍ إِلَى الْيَوْمِ. رَوَاهُ الطَّبَرَانِيُّ Sabra ibn Abu Sabradan rivoyat qilinadi: «Uning otasi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borganida: «Bolalaring kimlar?» dedilar. «Abdul Uzzo, Sabrata va Horis», dedi. «Abdul Uzzo deb ism qo‘yma, – dedilar va uni Abdulloh deb nomladilar. So‘ngra: – Albatta, ismlarning yaxshisi Abdullohdir, Abdurrohmandir», dedilar hamda uni va bolasini duo qildilar. Bas, bugungacha sharaf ular bilandir». Tobaroniy rivoyat qilgan. Nabiy alayhissalom yaxshi ismlardan xushxabar kutganlar va yomon ismlardan shumlanganlar. عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ ، أَنَّ رَسُولَ اللهِ قَالَ لِلَقْحَةٍ تُحْلَبُ: «مَنْ يَحْلُبُ هَذِهِ؟» فَقَامَ رَجُلٌ، فَقَالَ لَهُ رَسُولُ اللهِ : «مَا اسْمُكَ؟» فَقَالَ لَهُ الرَّجُلُ: مُرَّةُ. فَقَالَ لَهُ رَسُولُ اللهِ : اجْلِسْ. ثُمَّ قَالَ: «مَنْ يَحْلُبُ هَذِهِ؟» فَقَامَ رَجُلٌ، فَقَالَ لَهُ رَسُولُ اللهِ : «مَا اسْمُكَ؟» فَقَالَ: حَرْبٌ. فَقَالَ لَهُ رَسُولُ اللهِ: اجْلِسْ. ثُمَّ قَالَ: «مَنْ يَحْلُبُ هَذِهِ؟» فَقَامَ رَجُلٌ، فَقَالَ لَهُ رَسُولُ اللهِ : «مَا اسْمُكَ؟» فَقَالَ: يَعِيشُ. فَقَالَ لَهُ رَسُولُ اللهِ : «احْلُبْ». رَوَاهُ مَالِكٌ Yahyo ibn Sa’id roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sog‘iladigan tuyani ko‘rsatib: «Kim buni sog‘adi?» dedilar. Bir kishi turdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Isming nima?» dedilar. «Murra» (Achchiq), dedi u. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «O‘tir! – dedilar. So‘ngra yana: – Kim buni sog‘adi?» dedilar. Bir kishi turdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Isming nima?» dedilar. «Harb» (Urush), dedi u. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «O‘tir! – dedilar. So‘ngra yana: – Kim buni sog‘adi?» dedilar. Bir kishi turdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Isming nima?» dedilar. «Ya’iysh» (Yashar), dedi u. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Sog‘!» dedilar». Molik rivoyat qilgan. Ushbu hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tuyani sog‘ishga noqulay ismli kishilarni ravo ko‘rmadilar, ularning ismlaridan shumlandilar. Uchinchi sahobiyning ismidan yaxshilik, xushxabar umid qilib, tuya sog‘ishga o‘sha insonni ravo ko‘rdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning johiliyat odatiga binoan qo‘yilgan noqulay ismlarni o‘zgartirib qo‘yganlari ma’lum va mashhur. عَنْ أُمِّ رَائِطَةَ بِنْتِ مُسْلِمٍ، عَنْ أَبِيهَا قَالَ: شَهِدْتُ مَعَ النَّبِيِّ حُنَيْنًا فَقَالَ لِي: «مَا اسْمُكَ؟» قُلْتُ: غُرَابٌ. قَالَ: «لَا، بَلِ اسْمُكَ مُسْلِمٌ». رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ Ummu Roita bint Muslimdan, u otasidan rivoyat qilinadi: «Men Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan birga Hunayn g‘azotida ishtirok etdim. U zot menga: «Isming nima?» dedilar. «G‘urob (Qarg‘a)», dedim. «Yo‘q, balki sening isming Muslim», dedilar». Buxoriy rivoyat qilgan. Hunayn g‘azoti Makkai Mukarrama fathidan keyin bo‘lgan mashhur g‘azotdir. Roviy shu g‘azotda ishtirok etgan ekan. Ismi G‘urob, ya’ni Qarg‘a ekan, chunki o‘sha paytda farzand ko‘rgan ota-ona uydan hovliga chiqib, ko‘ziga nima ko‘rinsa, o‘shani farzandiga ism qilib qo‘yish odati bor ekan. Hattoki Tezak, It kabi ismlar ham uchrab turar ekan. Roviyning otasi ham shu odat bo‘yicha, qarg‘ani ko‘rib qolib, shunday ism qo‘ygan bo‘lsa kerak. Demak, Muslim degan ism ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z sahobalaridan biriga qo‘ygan ismlardan ekan. Buni ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tanlagan ism sifatida yaxshi ko‘rib, o‘g‘illarimizga qo‘yishimiz mumkin ekan. Qizlarga esa Muslima ismini qo‘yish odatga aylanganligi maqtovga sazovordir. عَنْ شُرَيْحِ بْنِ هَانِئٍ قَالَ: حَدَّثَنِي هَانِئُ بْنُ يَزِيدَ، أَنَّهُ لَمَّا وَفَدَ إِلَى النَّبِيِّ مَعَ قَوْمِهِ، فَسَمِعَهُمُ النَّبِيُّ وَهُمْ يُكَنُّونَهُ بِأَبِي الْحَكَمِ، فَدَعَاهُ النَّبِيُّ فَقَالَ: «إِنَّ اللهَ هُوَ الْحَكَمُ، وَإِلَيْهِ الْحُكْمُ، فَلِمَ تَكَنَّيْتَ بِأَبِي الْحَكَمِ؟» قَالَ: لَا، وَلَكِنَّ قَوْمِي إِذَا اخْتَلَفُوا فِي شَيْءٍ أَتَوْنِي فَحَكَمْتُ بَيْنَهُمْ، فَرَضِيَ كِلَا الْفَرِيقَيْنِ. قَالَ: «مَا أَحْسَنَ هَذَا!» ثُمَّ قَالَ: «مَا لَكَ مِنَ الْوَلَدِ؟» قُلْتُ: لِي شُرَيْحٌ، وَعَبْدُ اللهِ، وَمُسْلِمٌ، بَنُو هَانِئٍ. قَالَ: «فَمَنْ أَكْبَرُهُمْ؟» قُلْتُ: شُرَيْحٌ. قَالَ: «فَأَنْتَ أَبُو شُرَيْحٍ»، وَدَعَا لَهُ وَلِوَلَدِهِ. وَسَمِعَ النَّبِيُّ يُسَمُّونَ رَجُلًا مِنْهُمْ عَبْدَ الْحَجَرِ، فَقَالَ النَّبِيُّ : «مَا اسْمُكَ؟» قَالَ: عَبْدُ الْحَجَرِ. قَالَ: «لَا، أَنْتَ عَبْدُ اللهِ». قَالَ شُرَيْحٌ: وَإِنَّ هَانِئًا لَمَّا حَضَرَ رَجُوعُهُ إِلَى بِلَادِهِ أَتَى النَّبِيَّ فَقَالَ: أَخْبِرْنِي بِأَيِّ شَيْءٍ يُوْجَبُ لِيَ الْجَنَّةُ؟ قَالَ: «عَلَيْكَ بِحُسْنِ الكَلَامِ، وَبَذْلِ الطَّعَامِ». رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ Shurayh ibn Honi’dan rivoyat qilinadi: «Honi’ ibn Yaziyd menga quyidagilarni aytib berdi: U o‘z qavmining guruhi bilan Nabiy sollallohu alayhi vasallamnng huzurlariga borganida Nabiy sollallohu alayhi vasallam uni «Abulhakam», deb chaqirishayotganini eshitibdilar. Shunda uni huzurlariga chorlab: «Hakam Allohdir. Hukm ham faqat Unikidir. Nima uchun Abulhakam degan kunyani olgansan?» debdilar. (Honi’ ibn Yaziyd aytadi:) «Men olmaganman, qavmim bir narsada ixtilof qilib qolishsa, mening oldimga kelishadi, men ularning o‘rtasida hukm chiqaraman. Shunda ikki tomon ham rozi bo‘ladi», dedim. «Bu (odamlar seni hakam qilishlari) qanday ham yaxshi! Nechta bolang bor?» dedilar. «Shurayh, Abdulloh, Muslim bor, hammalari Honi’ning o‘g‘illari», dedim. «Kattasi qay biri?» dedilar. «Shurayh», dedim. «Unda sen Abu Shurayhsan», dedilar, mening va bolalarimning haqqiga duo qildilar». Nabiy sollallohu alayhi vasallam ularning o‘zlaridan bir kishini «Abdulhajar», (tosh bandasi) deyayotganini eshitib qoldilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Isming nima?» deb so‘radilar. U kishi: «Abdulhajar», dedi. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘q, sen Abdullohsan», dedilar». Shurayh aytadi: «Yurtiga qaytadigan payt kelganda (otam) Honi’ Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib: «Menga qaysi narsa bilan men uchun jannat vojib bo‘lishini ayting», degan. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam: «Go‘zal kalomni va odamlarga taom ulashishni o‘zingga lozim tut», deganlar». Buxoriy rivoyat qilgan. Ushbu hadisdan ma’lum bo‘lyaptiki, mo‘min-musulmonlar o‘zlariga yoki bolalariga turli xil bo‘lmag‘ur ismlarni qo‘yavermasliklari kerak. Ba’zan bu narsa haddan oshishga olib kelar ekan. Masalan, birovni Hakam deb, uni Allohning sifati bilan sifatlab qo‘yish mumkin ekan. U kishiga hukm chiqarishini e’tiborga olib, shunday kunya berilganligi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yoqmagan. Shuning uchun to‘ng‘ich o‘g‘lining ismini kunya qilib olishni tavsiya qilganlar. Abdulhajar (Tosh bandasi) ismli kishining ham ismini Abdulloh (Allohning bandasi) deb o‘zgartirganlar. عَنْ بَشِيرِ بْنِ مَعْبَدٍ السُّدُوسِيِّ، وَكَانَ اسْمُهُ زَحْمٌ بْنُ مَعْبَدٍ، فَهَاجَرَ إِلَى النَّبِيِّ فَقَالَ: «مَا اسْمُكَ؟» قَالَ: زَحْمٌ. قَالَ: «بَلْ أَنْتَ بَشِيرٌ». رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ Bashir ibn Ma’bad Sudusiydan rivoyat qilinadi: «Uning asl ismi Zahm ibn Ma’bad edi. Hijrat qilib, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi. Shunda u zot unga: «Isming nima?» dedilar. «Zahm», dedi. «Yo‘q, sening isming Bashirdir», dedilar». Buxoriy rivoyat qilgan. Bu hadisda aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam noma’qul ismni eshitib, uni ma’qul ismga, xunuk ismni chiroyli ismga, yomon ma’noli ismni go‘zal ma’noli ismga almashtirib qo‘yibdilar. «Zahm» so‘zi «tiqilinch» degan ma’noni bildiradi. «Bashir» so‘zi esa «bashorat», «sevinch» ma’nolarini anglatadi. Kelasi rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam noxush ma’noli ismdan shumlanib, uni o‘zgartirishni taklif qilganlarida u odam qabul qilmaganining oqibati nima bo‘lgani bayon etiladi. عَنْ سَعِيدِ بْنِ الْمُسَيَّبِ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ أَنَّهُ أَتَى النَّبِيَّ فَقَالَ: «مَا اسْمُكَ؟» قَالَ: حَزْنٌ. قَالَ: «أَنْتَ سَهْلٌ». قَالَ: لَا أُغَيِّرُ اسْمًا سَمَّانِيهِ أَبِي. قَالَ ابْنُ الْمُسَيَّبِ: فَمَا زَالَتِ الْحُزُونَةُ فِينَا بَعْدُ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ Sa’id ibn Musayyabdan, u otasidan, u bobosidan rivoyat qilinadi: «U Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borganida: «Isming nima?» dedilar. «Hazn (Qo‘pollik)», dedi. «Sen Sahlsan (Engillik, Muloyimlik)», dedilar. «Otam qo‘ygan ismni o‘zgartirmayman», dedi u». Ibn Musayyab aytadi: «Shundan beri bizda qo‘pollik davom etadi». Buxoriy rivoyat qilgan. Ya’ni «Bobom Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nazarlaridan qolganlaridan buyon hozirgacha bizning oilada qo‘pollik davom etib kelyapti». Noto‘g‘ri, noma’qul ismni yaxshilikka ishora qiluvchi ismga o‘zgartirmaganlikning oqibatida bu oilada ana shunday holat kuzatilgan ekan. Bundan Alloh taolo saqlasin. Roviyning bobosi yangi ismni eshitib, tashakkur aytganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zlarini qabul qilganida, ehtimol, oilalarida yaxshilik, engillik, xursandchilik bo‘lar edi. Aksincha, Hudaybiya hodisasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘sha paytda dushmanlarning rahbarlaridan biri bo‘lgan mushrikning ismidan bashorat topganlar va oqibatda ishlar osonlashib, Islom tarixidagi eng katta g‘alabalardan biri yuzaga chiqqan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir ming to‘rt yuz nafar sahobiy bilan umrani niyat qilib Madinadan chiqdilar. Makkai Mukarramaga yaqinlashib, Hudaybiyaga tushdilar. Mushriklar yo‘lni to‘sdilar. Ular urush chiqarib, ehromda turgan musulmonlarni qirib tashlash payidan bo‘ldilar. Orada hay’atlar yuborib, muzokaralar boshlandi. Bir necha hay’atlar almashsa ham ish yurishmadi. Oxiri Quraysh Payg‘ambar alayhissalom huzurlariga Suhayl ibn Amrni yubordi. Unga: «Sen borib, Muhammad bilan sulh tuz. Sulhda albatta, bu yil bizning ustimizga (Makkaga) kirmay ketishi bo‘lsin, yana «Arablar bizning ustimizga kuch ishlatib kirdi», deb gapirishmasin», deyishdi. Payg‘ambar alayhissalom Suhayl ibn Amrning kelayotganini ko‘rganlarida: «Alloh ishimizni engillashtiradiganga o‘xshaydi», dedilar. («Suhayl» – «osonlik», «engillik» degani). Yana: «Ular bu odamni yuborishlaridan sulh tuzishmoqchi shekilli», dedilar. Suhayl Rasuli akramning huzurlariga kelib, uzoq gaplashdi, ular tortishdilar va oxiri sulh tuzildi. Bu sulh Islom ummati tarixidagi eng quvonchli, eng bashoratli hodisaga aylandi. Shuning uchun Alloh taologa bandalik ma’nosini anglatuvchi Abdulloh, Abdurrohman, Abdusattor va Alloh taologa hamd ma’nosini anglatuvchi Hamidulloh kabi ismlar yaxshi ismlar hisoblanadi. Shuningdek, nabiylarning, sahobalarning va o‘tgan solih ajdodlarimizning ismlari ham yaxshi ismlar hisoblanadi. Qizlarga ham o‘tgan ahli iymon momolarimizning, sahobiya ayollarning ismlarini va ezgulik ma’nosini anglatuvchi ismlarni qo‘yish matlubdir. Vallohu a’lam.
29 Aprel 2022, 13:03 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar