Qo‘shimcha dasr berish

Assalomu alaykum! Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Men anchadan beri o‘quv markazida dars beraman. Oylik ancha muommo, vaqtida oylik olmaymiz, ora-orada o‘quvchilar yakka tartibda o‘qish uchun keladi, lekin o‘quv markazni narxlari qimmat deydiganlar ham bo‘lganida “Mayli arzonroq bo‘lsa ham” deb o‘zim o‘qitaman. Bu o‘quvchilardan boshlig‘imizni xabari yo‘q. Bu olayotgan pullarim harommi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar o‘sha o‘quv binosida dars bersangiz, rahbaringizni roziligi shart. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:05 | Savol-javoblar | 192 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar