Yangi uyga ko‘chishda
Assalomu alaykum! Alloh nasib qilsa kuzda yangi uyga alohida ko‘chib o‘tamiza. Savolim shuki o‘sha uyda oilamiz bilan tinch-totuv yashashimiz uchun turmush o‘rtog‘imni ishlari yurishib ketishi uchun yaxshi niyatlar bilan jonliq so‘ysak bo‘ladimi? Tartib qoidalari bo‘lsa iltimos tushuntirib beringlar. Alloh rozi bo‘lsin sizlardan. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yangi joyga ko‘chgan uchun emas, balki shunchaki ehson ma’nosida qo‘y so‘yib muhtojlarga tarqatishni savobi bor. Qisqa qilib aytganda shariatga muvofiq hayot kechirish. Shariatimizda yangi uyga ko‘chib o‘tishning shartlari yo‘q. Uyning barakotli yoki aksi bo‘lishi unda namoz, tilovati Qur’onni bo‘lish yoki bo‘lmasligiga bog‘liq. Namoz o‘qilmaydigan uylar har qancha xashamatli bo‘lmasin, qabriston kabidir. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا تَجْعَلُوا بُيُوتَكُمْ مَقَابِرَ، وَإِنَّ الْبَيْتَ الَّذِي تُقْرَأُ فِيهِ الْبَقَرَةُ لَا يَدْخُلُهُ الشَّيْطَانُ. رَوَاهُمَا التِّرْمِذِيُّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: Uylaringizni qabrga aylantirmanglar. Albatta, Baqara surasi o‘qiladigan uyga shayton kirmaydi, dedilar . Ikkisini Termiziy rivoyat qilganlar. Bu hadisi shariflar ham Qur’oni Karimning va Baqara surasining fazlini yana ham boshqacharoq vasf qilmoqda. Barcha odamlar uylarining obod bo‘lishi, ularning qabristonga o‘xshab qolmasligi uchun harakat qiladilar. Bu maqsadni amalga oshirish yo‘lida turli-tuman ishlar, sarf-xarajatlar qiladilar. Ushbu maqsadni amalga oshirishning eng qulay, barakali va arzon yo‘li ushbu hadisi sharifda bayon qilingan ekan. Har bir musulmon kishi o‘z uyi obod bo‘lishi, qabrga o‘xshab qolmasligi uchun uyida Baqara surasini o‘qib tursa bo‘ldi ekan. Kishilar o‘z uylarining omonlik qo‘rg‘oni bo‘lishini juda ham istaydilar. Uyda istiqomat qiluvchilarning barchasi tinch-omon va xotirjam bo‘lishlari uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladilar. Ayniqsa, jinu shaytonlarning yomonligidan ehtiyot bo‘lishga alohida ahamiyat beradilar. Bu maqsadga erishishning oson va qulay yo‘li ham har kim o‘z uyida Baqara surasini o‘qib turishi ekan. ( Hadis va Hayot kitobidan). Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 13:03 | Savol-javoblar | 203 | Dolzarb savollar