Namozdagi mustaxab amallar
Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, men "Muminning me’roji" nomli kitobni o‘qiyotib quyidagi bir jumlaga tushunmadim. U erda yozilishicha uch va to‘rt rakatli farz namozlarining so‘ngi ikki rakatida Fotixa surasini o‘qish mustaxab amalga kirar ekan. Bundan ko‘rinadiki shom namozining farzida ikkinchi rakatda Fotixa surasini o‘qish mustaxab amal ekanda yoki men noto‘g‘ri tushundimmi yoxud kitobda xatolik o‘tganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Janob Mirzapulat! Kitobda uchinchi, to‘rtinchi rak’at deyilgan. Siz shomning ikkinchi rak’atini so‘rayapsiz. Agar shomning uchinchi rak’atida ham mustahabmi deb so‘rasangiz to‘g‘ri bo‘lar edi. Ha, mustahab. Kitobda xatolik yo‘q, xatolik o‘zingizda. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 13:14 | Savol-javoblar | 167 | Namoz