Dasturxon duosi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar men “muqaddas oylar va mustajob duolar” kitobidan Payg‘ambarimiz (s.a.v) aytgan dasturxon duolarini yodlagan edim. «Alhamdulillaxillazi ato’amana va sak,ona va ja’alana muslimiyn». Ammo muslimiyn dan avval «minal» deb. deyarli barcha kitoblarda «minal» so‘zi yo‘q ekan. Qanday o‘qishni maslahat berasizlar. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ikki xilda ham o‘qish joiz. وَلِأَصْحَابِ السُّنَنِ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم إِذَا فَرَغَ مِنْ طَعَامِهِ قَالَ: الْحَمْدُ ِللهِ الَّذِي أَطْعَمَنَا وَسَقَانَا وَجَعَلَنَا مُسْلِمِينَ «Sunan» sohiblarining rivoyatida: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon taomlaridan forig‘ bo‘lsalar: «Bizni edirgan, ichirgan va musulmonlardan qilgan Allohga hamd bo‘lsin», der edilar», deyilgan.(“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

20 Aprel 2022, 19:04 | Savol-javoblar | 569
|
Boshqa savol-javoblar