Namozda sano aytish

Assalom alaykum! Namozda sano duosini misolga peshin namozining 4 rakat sunnatida aytdim, keyingi 4 rakat farzda va 2 rakat sunnatda ham sanoni aytib boshlash kerakmi yoki “Auzubillahi va bismillah” bilan boshlab o‘qiyveramanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har bir namozni boshlaganda “Allohu akbar” deb takbir aytib quloq qoqilgandan keyin faqat bir marta sano aytish sunnat amalidir. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 13:25 | Savol-javoblar | 205 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar