Qazo namozlari niyati

Assalomu alaykum! Juda ko‘p qoldirgan qazo namozlarim bor. Lekin shularni adadini yozib olmaganman. 5 vaqt namozdan keyin shularni o‘qisam, niyatda ularni aniq qaysi kuni va yilini aytmasdan, faqat bomdod yoki peshin namozining qazosi desam bo‘ladimi? Alloh shunday qazo namozlarini qabul qiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Eng oxirgi qoldirgan bamdodni, eng oxirgi qoldirgan peshinni qazosini o‘qishni niyat qildim va hokazo qolganlarini ham shunday niyat qilsangiz kifoya qiladi. Yili va kunini aytish shart emas. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 13:36 | Savol-javoblar | 139 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar