Hayvonlar haqida rivoyatlar

Assalomu alaykum! Ustozlar, ba’zan qori domlalarning maruzalarida eshitib qolamiz. Unda hayvonlar haqidagi rivoyatlarini masalan:  bulbul u qilibdi bunday debdi, chumoli u qilibti bu qilibdi deyiladi. Rostan ham shunaqa hadis yoki rivoyatlar bormi? Hayvonlarni gapirishini qanday tushunsak bo‘ladi? Yoki bu rivoyatlar odamni yaxshilikka targ‘ib qilish uchun to‘qib chiqilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Naml” surasida marhamat qiladi: حَتَّى إِذَا أَتَوْا عَلَى وَادِي النَّمْلِ قَالَتْ نَمْلَةٌ يَا أَيُّهَا النَّمْلُ ادْخُلُوا مَسَاكِنَكُمْ لَا يَحْطِمَنَّكُمْ سُلَيْمَانُ وَجُنُودُهُ وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ۝ 18. Ular chumolilar vodiysiga kelganlarida, bir chumoli: «Ey chumolilar, maskanlaringga kiringlar, Sulaymon va uning lashkarlari bilmasdan sizlarni ezib yubormasinlar», – dedi.  وَتَفَقَّدَ الطَّيْرَ فَقَالَ مَا لِيَ لَا أَرَى الْهُدْهُدَ أَمْ كَانَ مِنَ الْغَائِبِينَ۝ 20. Va qushlarni tekshirdi-da: «Nega Hudhudni ko‘rmayotirman? Yoki u g‘oyiblardan bo‘ldimi?  لَأُعَذِّبَنَّهُ عَذَابًا شَدِيدًا أَوْ لَأَذْبَحَنَّهُ أَوْ لَيَأْتِيَنِّي بِسُلْطَانٍ مُّبِينٍ۝ 21. Albatta, uni shiddatli azob-la azoblarman, yoki so‘yib yuborurman, yoxud menga, albatta, ochiq-oydin hujjat keltirajak», – dedi. فَمَكَثَ غَيْرَ بَعِيدٍ فَقَالَ أَحَطتُ بِمَا لَمْ تُحِطْ بِهِ وَجِئْتُكَ مِن سَبَإٍ بِنَبَإٍ يَقِينٍ۝ 22. Ko‘p o‘tmay, u (Hudhud) kelib: «Sen bilmagan narsani bildim va senga Saba’dan ishonchli bir xabar olib keldim.   إِنِّي وَجَدتُّ امْرَأَةً تَمْلِكُهُمْ وَأُوتِيَتْ مِن كُلِّ شَيْءٍ وَلَهَا عَرْشٌ عَظِيمٌ۝ 23. Darhaqiqat, men bir ayolni ko‘rdim. U ularning malikasi bo‘lib, unga har narsadan berilgan hamda uning buyuk taxti bor ekan.  وَجَدتُّهَا وَقَوْمَهَا يَسْجُدُونَ لِلشَّمْسِ مِن دُونِ اللَّهِ وَزَيَّنَ لَهُمُ الشَّيْطَانُ أَعْمَالَهُمْ فَصَدَّهُمْ عَنِ السَّبِيلِ فَهُمْ لَا يَهْتَدُونَ۝ 24. Men uning va qavmining Allohni qo‘yib, quyoshga sajda qilayotganlarini va shayton ularga amallarini chiroyli ko‘rsatib, yo‘ldan to‘sayotganini ko‘rdim. Bas, ular hidoyat topmaslar. Yuzlab hadislarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga hayvonlar gapirganligi, ba’zi bir hayvonlarda u zotning mo‘jizalari zohir bo‘lganligi keltirilgan. Masalan sut bermaydigan echkining elinini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam silaganlarida sut kelganligi, bo‘ri kelib o‘zining hissasini so‘raganligi. U hadislarning ba’zilari hasan ba’zilari zaif darajadadir. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 13:36 | Savol-javoblar | 266 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar