Shifokor formasi

Assalomu alaykum! Men tish shifokorligi bo‘yicha ishhonada ishlayman shu holatda bizni kiyimga gipoxlor, spirt, so‘lak, tish charxlaganda otilgan qon, suv va shunga o‘xshash narsalar sachraydi. Ko‘pincha nuqta kattaligida bazan noxatday yoki tanga miqdoricha suyuqliklar to‘kilishi mumkin. Shu kiyimda nomozlarni ado etish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha kiyimga najosat teksa (siz sanaganlar ichida qon va u aralashgan so‘lak va suv) uni echib yoki almashtirib namozingizni ado qiling. Afv miqdorida bo‘lsa ham bunday kiyimda namoz o‘qish makruhi tanzihiydir. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 04:46 | Savol-javoblar | 192 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar