Xatmi Qur’on savobini bag‘ishlash
Assalomu alaykum! Ilmlaringiz bundan xam ziyoda bo‘lsin. Juda kerakli sayt, va bilmaganimizni bilib olayapmiz rahmat sizlarga. 3-qizimga xomiladorligimda jigarim sustlashgani uchun, shifokorlar, shu farzandlarim etarli ekanini endi sog‘ligimni ko‘proq o‘ylashim kerakligini ta’kidlashgan edi. Lekin qizim 1 yosh bo‘lishi bilan yana xomilador bo‘lib qoldim, xo‘jaynim doktirlani gapi esindami, xomila katta bo‘lmasdan, rux kirmasdan oldin oldiraqolamiz, yana jigaring suvsizlanishi mumkin deganlarida oldirmaylik iltimos deb ko‘ndirgan edim va ertayu kech Allohga, agar shu farzandim o‘g‘il bo‘lsa, vaqti soatim etganida ona bola eson omon yuz ko‘rishishimizni so‘rab, tug‘ilganida ismini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nomlariga atab, MuxammadSaid qo‘yaman, 30 kun ro‘za tutib beraman, va xatmi Qur’on qilaman deb va’da bergan edim. Alhamdulillah o‘g‘limda xomiladorligim yaxshi o‘tdi. Jigarimni doim nazoratda ushladik. Doim ijobiy bo‘ldi. 1,5 yil ichida shu va’dalarimni bajardim (Alloh O‘z dargoxida qabul aylagan bo‘lsin) meni bir narsa o‘ylantirayapti, Qur’onni o‘qib bo‘ldim, undan keyin nima qilay, qanday xatmi qilaman? Duosida nima deyman? Bundan oldingi xatmi Qur’onlarimni amru maruflarda qo‘shib duo qilishar edi. Savobni qanday baxshida etiladi? Agar savolim noo‘rin bo‘lsa uzr so‘rayman. Oldindan javobingiz uchun tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Xatmi Qur’on qilish degani, Qur’onni avvalidan oxirigacha o‘qib chiqish deganidir. Siz naziringizni ustidan chiqibsiz. Savob bag‘ishlash Har bir qilingan yaxshilikning savobini bag‘ishlash joiz. Naqshbandiy tariqatining mashoyixlaridan Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hazratlari savob bag‘ishlashda quyidagicha ta’limotni berganlar. Qanday yaxshi amal qilsangiz ham savobini Odam alayhissalomdan to qiyomatgacha keluvchi musulmonlarga bag‘ishladim – deb niyat qiling. Foyda: Masalan kim bir bor Subhaanalloh desa, u bitta yaxshilikni qilgan bo‘ladi. Alloh taolo bir yaxshilikka o‘n barobardan etti yuz barobargacha savob berishni va’da qilgan. Bu degani bir bor “Subhaanalloh” deganimizga o‘nta yaxshilikni beriladi. Agar biz o‘sha “Subhaanalloh”ning savobini barcha musulmonlarga bag‘ishlasak ularga ehson qilgan bo‘lamiz va har bir musulmonga qilingan ehson evaziga bizlar uchun “bitta yaxshilik qilindi” degan narsa yoziladi. Ularga qilingan har bir yaxshilik evaziga eng kami o‘n barobar yaxshilik qilganning savobi yoziladi. O‘ylab ko‘rsak, Odam alayhissalomdan buyon bu dunyoga qancha odam keldi-yu, qiyomatgacha yana qanchasi keladi. Bir bor Subhaanalloh deganimiz uchun shunchalik savob berilsa, buni o‘zgalarga o‘rgatib, ular ham bunga amal qilishsa ularning amal qilgani uchun ham savob beriladi. Ba’zilar buni “Savob olishdagi oltin silsila” deb ataydilar. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 18:25 | Savol-javoblar | 186 | Duolar