Hissamni qo‘shish

Assalomu alaykum! Men kuni kecha yangi yil kuni haqida telegramdagi bir kanalda qiziq ma’lumotni o‘qib qoldim va bu ma’lumot rasm ko‘rinishida ekan. Men yangi yilni dinimizga aloqasi yo‘q ekanligi bilaman va bu bayram xristiyanlarning bayrami deb o‘zim nishonlash uyoqda tursin uyimdagilarga ham nishonlattirmayman. Bu ma’lumotni o‘qib yanayam qat’iylashdi fikrim. Sizlardan ushbu ma’lumotni qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini so‘ramoqchi edim. Mana o‘sha ma’lumot “Qadimgi Rim taqvimi 10 oydan ya’ni 304 kundan tashkil topgan. Har yilning boshi bahordagi kecha bilan kunduzning teng kelgan vaqtiga to‘g‘ri keladi. An’anaga ko‘ra bu odat rimning asoschisi Romulus tarafidan milodning 8-yilida asos solingan edi. Keyingi hukmdor Numa Pompilus yilga yanvarius va febrarius oylarini qo‘shib qo‘ydi. Asrlar davomida taqvim quyoshning vaqtiga to‘g‘ri kelmay qoldi va miloddan oldin 46-yilda impetator Yuliy Tsezar bu muammoni hal qilishga kirishdi. O‘zining zamonidagi taniqli astronomlar va matematiklar bilan maslahatlashgan holda Yuliyan taqvimini taqdim qildi. Yuliyan taqvimi hozirgi zamon aksar davlatlar tartarafidan ishlatiladigan Gregorian taqvimiga o‘xshar edi. Islohotning bir qismi sifatida impetator Tsezar 1-yanvarni yilning boshi qilib tayinladi. Bu ishi bilan rim xudolaridan biri bo‘lgan Yanusni ulug‘lash maqsadida shu ishni amalga oshirgan edi. Yanus xudosi boshlanish xudosi deb e’tiqod qilishar edi. Bu xudoning 2 yuzi bo‘lib 1-yuzi bilan o‘tmishga 2-yuzi bilan kelajakka qaraydi deb ishonishar edi. Rimliklar Yanus xudosiga atab qurbonliklar qilishar edi va bir-birlari bilan sovg‘alar almashishar edi. Uylarini dafna (lavr) shoxlari bilan bezab katta bazmlar uyushtirishardi. O‘rta asrlarda evropada xristiyan etakchilari vaqtinchalik 1-yanvarni yilning 1-kuni sifatida qabul qilishdi. Gregorian taqvimi asoschisi pop Gregoriy 1982-yilda 1-yanvarni yangi yil kuni deb o‘z taqvimida qayta tikladi. Diqqat! Diqqat! Hozirgi kundagi yangi yil kuni deb o‘z taqvimida qayta tikladi.  Hozirgi kundagi yangi yil kuni nomlangan bayram hech ham xristiyanlarga aloqasi yo‘q. Aslida bu kun tarixdagi ko‘p xudolarga ibodat qiluvchi rumliklarning diniy bayramidir. Buni dinga aloqasi yo‘q yangi yilning 1-kuni holos deb o‘zingizni aldamang. O‘rta Osiyo davlatlari yangi yilni 1-bo‘lib, SSSR davrida 1935-yildan bayram qilishni boshlashdi. Ateistik-kommunistik SSSR davlatida xristiyanlar orasida mashhur bo‘lgan rojdestvo bayrami taqiqlangan bir paytda, qadimgi majusiy dinidan kelgan 1-yanvarni butun SSSR bo‘ylab bayram qilishlariga buyruq berishlari juda shubhali narsadir. Bu bayramda yahshilik bo‘lganida xalqimiz orasiga dushmanlarimiz tarafidan kirgizilmagan bo‘lar edi.  Ey musulmonlar uyg‘oninglar!  Men shu rasmni yaqin tanishlarimga ko‘rsatib ularning yangi yil kuni haqidagi fikrlarini o‘zgarishiga hissamni qo‘shsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Lekin juda ham qat’iy gap emas. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 13:58 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar