Usta haqmi yoki ish beruvchi
Assalomu alaykum! Uyimni ta’mirlashda ustalar bilan narx kelishmadik, natijada ular aytgan narxda pulini to‘ladim. Ko‘p ishlarni tushunganim sabab tepasida turishga majbur bo‘ldim! Parket terishdan oldin polni ta’mirlanishi kerak edi. Yo‘qligimda ta’mirlashgan va bu ish uchun alohida narx ham to‘langanman. Ko‘rishim bilan tekis chiqmaganini va bu ketishda parket bir tomonga ko‘tarilib ketishini aytdim. Ustalar parket yotqizishganida tekislanib ketishini aytishdi. Terishganida esa, men aytganday bir tomoni, xuddi tramplinday ko‘tarildi! E’tiroz bildirishim bilan ular yana hech narsa qilmasligini aytishdi. Men bunday ishni qabul qilmasligimni va keyinchalik ular menga bahona qilmasliklari uchun yangi qurilish mahsulotlarini etkazdim. Polning kerakli tomonini tushirib ustidan yana DSP yotqazdik. Uyimni tezroq bitishi uchun o‘zim ham 4-ustaday ishladim. Parket uchun alohida kvadratiga hisoblangan puli ham ustalarga to‘langan. Muammo shundaki, aytilgan pulni to‘laganimda ustalar 2-marotaba polni ta’mirlangani pulini yozishlari eslaridan chiqqanini va meni qarzligimni bildirishdi. Men esa ularning o‘ylanmay, ahmoqona bajarilgan 2-ishlari pol ta’miri uchun pul to‘lamasligimni aytdim. Ishning 1-kunidan vaqtliroq ishni boshlashlarini aytganimda har xil bahonalar bilan 10-11da kelib ishni kech boshlab, shomda ketishardi. Bir cheti tanish bo‘lgani uchun ham ishonishga harakat qilardim. Meni majburiyatimga kirmasa ham, kelishmagan bo‘lsak ham, tushliklarini vaqtida tayyyorlab berdim. Eng qizig‘i, parket yotqizilganidan keyin ham 1 dona gilam ham eshik tagadan sig‘maydi. Eshikni ko‘tarishga imkoni yo‘q, gilamni eshik tagiga moslab yoysimon kesadigan bo‘lsam, xuddi dumi yulingan tovuqday bo‘lib qoladi. Eshikni yarim ochib yonimiz bilan kirishga to‘g‘ri kelyapti! Kimning kimda haqqi qoldi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Usta bilan ish haqini oldindan kelishish lozim, yo‘qsa, kelishuv fosid bo‘ladi va shunday ishga odatda qancha to‘lansa o‘sha miqdorda ish haqi to‘lash lozim bo‘ladi. Bundan ortig‘ini olishi halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 18:46 | Savol-javoblar | 133 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Usta bilan ish haqini oldindan kelishish lozim, yo‘qsa, kelishuv fosid bo‘ladi va shunday ishga odatda qancha to‘lansa o‘sha miqdorda ish haqi to‘lash lozim bo‘ladi. Bundan ortig‘ini olishi halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 18:46 | Savol-javoblar | 133 | Turli savollar