Lizing tulovlari xakida
Assalomu alaykum xurmatli shayx xazratlari.Alloxdan sizga kilayotgan ezgu amallaringizni barakotli kilishini surayman.Allox ikki dunyo saodatini bersin.Ramazon muborak bulsin. Xurmatli ustoz!Sizdan uzimni kiziktirgan kuyidagi savolga javob olmokchi edim:1) Men lizing kompaniyasining xududdagi vakili sifatida ish yuritaman.Kompaniyamiz faoliyatining asosiy kismi chet eldan zamonaviy texnologik uskunalar va ishlab chikarish jixozlarini mijozlar xoxishiga kura etkazib berishdan iborat.Chet eldan keladigan uskunalar 100 foiz kat’iy valyutaga (AKSh dollari yoki evroga) sotib olinadi xamda mamlakatimizdagi tadbirkorlarga ma’lum muddatda uzib yuborish sharti bilan ustama kuygan xolda lizingga beriladi.Lizingga oluvchi esa lizing tulovlarini (lizing ob’ekti kiymati + lizing kompanisi ustamasi) amaldagi Markaziy bank kursiga yakin bulgan birjadan tashkari valyuta bozori kursi buyicha tulaydi.Butun lizing davrida ( bugungi kunda 5 yil muddatgacha lizing xizmati kursatilmokda) lizing tulovlari amaldagi Markaziy bank belgilaydigan kursga boglik buladi.Masalan 5 yil (60 oy) muddatga lizing tulovi 170,0 ming AKSh dollari (100,0 ming dollar uskuna kiymati+70,0 ming dollar lizing kompaniya ustamasi) bulgan loyixa buyicha lizing tulovi 1 oyga urtacha 2833 dollarni tashkil etadi.2011 yil avgust oyi uchun Markaziy bank rasmiy kursi 1720 sumni tashkil etganda,oylik tulov sumda 4872760 sumni tashkil etadi.2014 yilning avgust oyida Markaziy bank kursi 2020 sumni tashkil etsa,oylik tulov 5722660 sumni tashkil etadi va xk.Xazratim!Umuman shu yul bilan xisob kitob kilish tugrimi.Korxonamiz olayotgan daromad xalolmi.Men xam shu korxonadan oylik olib bola-chaka bokaman.Lizing borasida xozirgi kunda kuplab ishlar kilinyapti.Iltimos, lizing tugrisida,islomiy banking tugrisida va boshka shar’iy moliyaviy masalalar borasida imkon kadar kengrok tushuncha bersangiz.Kimmatli vaktingizni olganim uchun ming bor uzr surayman Alloxdan ezgu amallaringizni davomli kilishini xamda bizlarni xam savoblantirishini surayman.Ustoz bizni xam duo kilib kuying. Javobingiz uchun oldindan raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mazkur muomala to‘g‘ri.
29 Aprel 2022, 14:10 | Savol-javoblar | 205 | Moliya va tijorat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mazkur muomala to‘g‘ri.
29 Aprel 2022, 14:10 | Savol-javoblar | 205 | Moliya va tijorat