Zino

Assalomu Alaykum!Zinoni turlalari va turlariga yarasha jazolar xakida xabardor kilsangiz.Raxmat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Abu Burda roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «O‘n darradan ko‘p urilmaydi. Magar Allohning haddi (belgilagan jazosi) bo‘lsagina uriladi», dedilar».Beshovlari rivoyat qilgan. Ta’zir banda tomonidan belgilanadigan jazo bo‘lgani uchun o‘n darradan oshmasligi kerak.Shuningdek, zinoga belgilangan jazo bu jinoyatni ixtiyoriy ravishda sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladi. Zo‘rlangan ayolga jazo berilmaydi. Islomda umuman majbur qilish orqali sodir etilgan jinoyatlar uzrli hisoblanadi..Voil ibn Hajardan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida bir ayol namozga kelayotganida, bir erkak yo‘lini to‘sib, uni zo‘rladi. Xotin dod soldi. Erkak qochib ketdi. Bir guruh muhojirlar etib kelishgan edi, ayol, anavi odam meni unday qildi, bunday qildi, deb aytib berdi. Erkakni tutib keltirishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayolga: «Sen ketaver, Alloh seni mag‘firat qildi», dedilar. Uni zo‘rlagan erkakni esa, toshbo‘ron qilishga buyurdilar va batahqiq, Madiyna ahli tavba qilsa ham qabul bo‘ladigan tavbani qildi», dedilar».Termiziy rivoyat qilgan.Eri yo‘q ayol homilador bo‘lib qolsa ham, zino qilgan deb hisoblanmaydi. Unga darra urilmaydi, toshbo‘ron ham qilinmaydi. Modomiki o‘zi iqror bo‘lmasa yoki guvohlik ila isbot qilinmasa, uni zinokor deyishga izn yo‘q. Garchi ersiz ayolning homilador bo‘lishining o‘zi kuchli dalil bo‘lsa ham, lekin mingdan bir ehtimol bilan uning bachadoniga nutfa zinodan emas, boshqa sababdan tushib qolganligi gumoni ustun qo‘yiladi.O‘zining mahramlari bilan zino qilgan odamni hukumat qattiq ta’qib qiladi. Imom Abu Hanifa roziyallohu anhu: «Bunday kishilarga zinokorning jazosi beriladi. Agar mahramini nikohlab olgan bo‘lsa, alamli azob-la azoblanadi», deganlar.BOShQA JINSIY JINOYaTLARKezi kelganda, zinodan boshqa jinsiy jinoyatlar haqida ham bir-ikki og‘iz so‘z aytaylik.1. Erkak kishi bilan erkak kishining jinsiy aloqada bo‘lishi «livota» deyiladi. Bu ish eng yomon gunohlardan ekanligi Qur’oni Karimda bir necha bor takrorlangan. Lut alayhissalom Payg‘ambar bo‘lib borgan qavm bu amalga o‘ch bo‘lgan, Allloh taolo ularni halok qilgan.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu jinoyatga qattiq qarshi turganlar. U zot sollallohu alayhi vasallam bu amalni qilgan odam kim bo‘lishidan qat’i nazar, uylanganmi-uylanmaganmi, ikkisini ham o‘ldirishga buyurganlar. Sahobai kiromlar esa, bu jinoyatkorlarni qanday o‘ldirish to‘g‘risida turli ijtihodlar qilganlar. Hazrati Ali roziyallohu anhu ularni qilich bilan chopib o‘ldirib, jasadini kuydirib yuborishni aytganlar. Hazrati Umar va Hazrati Usmonlar (roziyallohu anhumo) esa, eski binoning tagiga yotqizib turib, ustidan devorni yiqitib o‘ldirish kerak, derlar. Hazrati Abduloh ibn Abbos roziyallohu anhu, yurtidagi eng baland joydan boshini erga qilib tashlab, keyin toshbo‘ronga tutish kerak, deganlar. Mazhab imomlari ham shunga o‘xshash fikrlar ila ijtihod qilganlar. Imom Abu Hanifa, har zamonning hokimi sharoitga qarab, boshqalar ham ibrat oladigan qilib jazolaydi, derlar. Bachchabozlikni odat qilgan odamni o‘ldirish shartligini ham alohida ta’kidlaydilar.2. Yana aytib qo‘yish lozim bo‘lgan gaplardan biri shuki, er kishi o‘z xotinining orqasiga yaqinlik qilishi ham haromdir.Abu Harayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Kim ayol kishiga ortidan kelsa, la’natidir», dedilar».Imom Abu Dovud rivoyat qilgan..Abu Harayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Hayzli ayolga yoki ayol kishining orqasidan yaqinlik qilgan va folbinga borib, unga ishongan odam Muhammadga nozil etilgan narsaga kufr keltirgan bo‘ladi», dedilar».Imom Termiziy rivoyat qilgan.3. Shuningdek, hayvonlarga yaqinlik qilgan odamlar ham katta gunohkor va jinoyatchi hisoblanadilar. Ba’zi ulamolar uni ham zinokor hisoblaydilar va zinoning jazosiga tortilishi zarurligini ta’kidlaydilar.Ammo hanafiy mazhabi ulamolari bu jinoyatni qilgan odamga hokim, qozi yoki boshqa mas’ul kishilar o‘zlari bilib ta’zir beradilar, derlar.

29 Aprel 2022, 15:15 | Savol-javoblar | 177 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar