Xadislardagi zohidlik haqida
Assalomu alaykum! Men ikkita hadis eshitdim. Biri ikkinchisiga butunlay zid deb tushundim.1-si “Dunyoda musofirchalik yashanglar. Dunyodan oladiganlaring bir musofirni olganichalik bo‘lsin”. 2-si “Va Alloh bergan ne’matini ustinglarda ko‘rishni xohlaydi”. Birinchi hadis zohid bo‘lishga chaqirsa, ikkinchisi buni aksi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ulamolarimiz yashash tarzini to‘rtga bo‘lganlar.
1). Rahoyish – kun kechirsa bo‘ladigan uyli, joyli kiyim-kechak, oziq-ovqat bilan kifoyalanish, joiz.
2). Osoyish – imkoniyati bo‘lsa yuqorida zikr qilinganlarning har biridagi qulayliklardan foydalanish, joiz.
3). Zeboyish – yuqorida zikr qilinganlarni ko‘rganda ko‘z quvonadigan darajada bo‘lishi, joiz.
4). Namoyish – barchasida faxrni iroda qilish, joiz emas.
Qolaversa, insonga umr va boylik oxiratga zodirohilani ko‘paytirish uchun beriladi. Ularni arzimas, vaqtincha bo‘lib, keyin yo‘q bo‘ladigan narsalarga sarflash aqlli insonning ishi emas. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 12:33 | Savol-javoblar | 134 | Hadislar