Uloq-ko‘pkari haqida

Assalamu akaykum WRWB!!!Muhtaram ustoz sizga bir masala bo‘yicha murojaat qilmoqchi edim. Hozirda ko‘p joylarda uloq - ko‘pkari o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yinning shariatimizga to‘g‘ri kelish yoki kelmasligini aytib bersangiz iltimos. Ba‘zi insonlar o‘sha uloq o‘ynovchilarga bu shariatga to‘g‘ri kelmasligini aytsa, ular biz o‘rtaga pul tikib o‘ynamaymiz. Faqat g‘olibga homiylar tomonidan tayinlangan sozg‘alar beriladi deb aytishgan. Javobingiz uchun oldindan tashakkur!!! Alloh rozi bo‘lsin!!!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sovrun haqidagi gaplari to‘g‘ri. Ammo hayvonning so‘yib olib tortishishlari o‘rniga boshqa narsani uloq qilishlari va o‘zlari bir-birlarini urib so‘kmasliklari kerak.

27 May 2022, 05:49 | Savol-javoblar | 190 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar