Arafa kuni ruzasi

Hadis va hayot silsilasining 9-juzi Ro‘za kitobingizni 165-betida Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisga binoan biz Zulhijja oyida 8 kun ketma-ket ro‘za tutib 9-kun arafa kuni ro‘za tutmadik, uyga o‘kishdan borsak Xamma jamoat xatto imomlarimiz xam tutishibdi. Ularning gapiga binoan ajri ziyoda ekan. Shunga izox bersangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘sha kitobdagi boshqa hadislarni ham o‘qish kerak edi. Arafa kuni ro‘za tutmaslik hojilarga xos. Ular charchab qolishlari ehtimoli borligidan shunday bo‘lgan. Boshqalarga esa, mazkur kitobda kelgan quyidagi hadis ham bor:Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Allohdan umid qilamanki, Arafa kunining ro‘zasi undan oldingi sananing va undan keyingi sananing kafforoti bo‘lur», dedilar. Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.Sharh: Bu, albatta, hajga bormagan kishi uchundir. Demak, hajga bormaganlar Arafa kunining ro‘zasini tutsalar ulkan fazlga ega bo‘lurlar.

20 Aprel 2022, 20:58 | Savol-javoblar | 156 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar