Ikki tomonlama unutilgan qarz

Assalomu alaykum! Barchamiz bilamiz qarz masalasi juda og‘ir va oldingi savolga javobingizda ham bandani qarzini faqat banda kechadi, Alloh taolo kechmaydi degan edingiz. Men bolaligimda sinfdoshlarim bilan juda ko‘p marotaba qarz oldi berdisi bilan shug‘ullanganman (misol uchun daftar olganda berib turgan) va qarz olsam uni doim uzishga harakat qilganman. Lekin xozir ko‘nglim notinch chunki o‘sha paytlar kimdandir qarz olib esimdan chiqib qolgan bo‘lishi mumkinku. Va ko‘plab Ikki tomon eslay olmaydigan (arzimas bo‘lsa ham) qarzlar bor. Shunday qarzlarni xukmi qanday va undan qanday qilib xalos bo‘lish mumkin? Ba’zi tanishlarimni mendan arzimagan (kam miqdorda) qarzlari bor, olganiga juda ko‘p vaqt bo‘ldi va xozir eslay olishmasa ham kerak. Ularni juda kam ko‘raman, qarzini so‘rab dilini og‘ritmaslik uchun o‘ziga bildirmasdan qarzidan kechsam bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir biringizdan rozi rizochilik so‘rab qo‘ysangizlar bo‘ldi. Kechsangiz bo‘ladi, savobini olasiz. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 16:14 | Savol-javoblar | 153 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar