Ziyoratgoh haqida
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men Farg‘ona viloyatidanman. Bizda Satkak ota nomli ziyoratgoh bo‘lib, u erni odamlar dam olish maskaniga ham aylantirib olishgan. Men sinfdoshlarim bilan ziyoratgohga bordim, ammo ba’zi badxulq sinfdoshlarim o‘sha erda ham alkogol ichishdi (bu ishdan qaytarishimga qaramay). Savolim: bu ziyoratgoh to‘g‘risida sizlarda ma’lumot bormi? Men surishtirib aniq ma’lumot topolmadim. Nega ziyoratgohda alkogol sotilyapti va har xil nojoiz ishlar bo‘lyapti? Ziyoratgohdagi holatlar menga to‘g‘risi yoqmadi. O‘zi bunday joylarga borish joizmi? Javob uchun oldindan rahmat ustozlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu ziyoratgohning tarixi haqida bizda ma’lumot yo‘q. Noshar’iy ishlar bajarilayotgan joylarga bormaslik kerak. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 15:37 | Savol-javoblar | 172 | Dolzarb savollar