Aroq ichish haqida

Assalomu alaykum! Bir kishi aytdiki, agar to‘y qilayotgan odam aroq tarqatsa, o‘sha kishining ota-onasi qabrida azoblanadi, dedi. Haqiqatdan ham, biror tadbirda to‘ymi, tug‘ilgan kun yoki o‘tirishdami aroq tarqatsa yoki o‘zi ichsa ota-onasi qabrida azoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Azoblanadi. Chunki ota-ona yoshligidan ularga Islomni tushuntirishi, harom-halolni o‘rgatishi kerak edi. Bularni o‘rgatmagani uchun farzandlar qiyomat kuni ota-onaning bo‘yniga osiladi ham. Alloh taolo “Ma’orij” surasida marhamat qiladi:  وَلَا يَسْأَلُ حَمِيمٌ حَمِيمًا۝ 10. Va qadrdon do‘st o‘z qadrdon do‘stidan so‘ramaydir.
Chunki bu kunda hamma o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qoladi. Shuning uchun do‘st o‘z do‘stidan hol so‘ray olmaydi. Ular bu ishni bir-birlarini ko‘rmaganlari uchun qilmaydilar. Balki ko‘rib-bilib turib, do‘st o‘z do‘stidan hol so‘ray olmaydi. Ha,  يُبَصَّرُونَهُمْ يَوَدُّ الْمُجْرِمُ لَوْ يَفْتَدِي مِنْ عَذَابِ يَوْمِئِذٍ بِبَنِيهِ۝  وَصَاحِبَتِهِ وَأَخِيهِ۝  وَفَصِيلَتِهِ الَّتِي تُؤْويهِ۝ وَمَن فِي الْأَرْضِ جَمِيعًا ثُمَّ يُنجِيهِ۝ 11. Ularni ko‘rib turadirlar. Jinoyatchi xohlab qoladiki, o‘sha Kun azobi badaliga o‘z farzandlarini fido qilsa…
12. va xotinini va aka-ukasini ham…
13. va uni o‘ziga olgan qabilasini ham…
14. va er yuzidagi jamiki kimsalarni ham, so‘ngra o‘zi najot topsa.
("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:59 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar