Metabolizm tezligi yuzasidan ro‘za tutmaslik

Assalomu alaykum! Menda kichikligimdan organizmda moddalar almashinuvi tez. Shu sababli tez och qolaman va bir-ikki kun vaqtida ovqatlanmasam qattiq vazn yuqotishni boshlayman. Bolaligimdan ro‘za tutish niyatim bo‘lgan, hatto onamdan yashirib ham tutmoqchi bo‘lganman. Shifokorlar fikricha moddalar almashinuvi yosh o‘tgan sayin sekinlashar ekan va ana shunda ro‘za tuta olishim mumkin. Ammo hozir sog‘-salomat bo‘lib turib, faqatgina sog‘ligimga zarar etishi mumkinligi uchungina ro‘za tutmasam bu uzrlimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tutib ko‘ring, agar zarar qilsa ochib yuboraverasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:15 | Savol-javoblar | 148 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar