Baxt uchun
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar savollarimizga holis beminnat berayotkan javoblaringiz uchun tashakkur. Ustozlar mani bir tanish opam borlar. Soliha muslima qiz lekin turmushga chiqishlari juda kechikyapti, yoshlari ham o‘tib qolyapti. Ota-onalari qazo qilishdi, opamga juda rahmim kelyapti, ular uchun duodaman. Opamga qanday duolarni o‘qishni maslahat berasiz? Qanday nafl ibodatlar qilsalar baxtlari ochilishiga sabab bo‘ladi? Man bilib bilmay ularga maslahat berishga qo‘rqaman, chunki juda ilmli emasman. Siz aziz ustozlar va shu maktubni o‘qigan hurmatli yurtdoshlar opamni duo qiling, iltimos. Avvaldan rahmat Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin! Cheksiz xurmat bilan Muslima
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo duolarni qabul qiluvchi Zotdir. Baxt ochilishi uchun maxsus bir duo yoki amal yo‘q. Insonning hojati ravo bo‘lishining eng asosiysi, Allohga qiladigan duosidir. Xususan duolar mustajab bo‘ladigan vaqtlarda. U vaqtlar, farz namozlarining orqasidan qilingan duo, kechaning oxirgi uchdan biri, ya’ni bamdod vaqti kirmasidan oldin qiling duo va ro‘za tutib iftor paytida qilingan duodir. Ulardan ham asosiysi kishi qilgan duosidan noumid bo‘lmaslikdir. Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 20:58 | Savol-javoblar | 197 | Oila va turmush