Kelishuvimiz botilmi?
Assalomu alaykum! Do‘stim bir biznes boshlamoqchi bo‘ldi. Ammo o‘zining mablag‘i biroz etmadi. Shunda men bilan sherikchilikda ish boshladi. Ishni boshlash uchun umumiy mablag‘ning uchdan bir qismi meniki, qolgan uchdan ikki qismi do‘stimniki. Ishdagi barcha vazifalarni do‘stim o‘zi bajaradi. Kelishuvimizga ko‘ra men umuman ishlamayman, yordam ham bermayman. Barcha xarajatlardan keyingi sof foydaning uchdan biri meniki, uchdan ikki qismi do‘stimniki. Ikkovimiz ham rozi holatda shunaqa kelishuv tuzganmiz. Sof foydani bo‘lishishdagi kelishuvimiz shariatga muvofiqmi? Yoki kelishuvimiz asli botil bo‘lib, men ishlamaganim sababli mening sof foydadan oladigan ulushimning yarmini ( umumiy foydaning 6 dan 1 qismi) ham do‘stimga berishim shariatga muvofiq bo‘ladimi? Amaldagi kelishuvimiz botilmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kelishuvingiz to‘g‘ri bo‘lgan. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 03:19 | Savol-javoblar | 174 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kelishuvingiz to‘g‘ri bo‘lgan. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 03:19 | Savol-javoblar | 174 | Moliya va tijorat