Ba’zi sabablarga ko‘ra sochga mash tortish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, er xotinlik munosabatlaridan so‘ng poklanishda turli sabablar masalan havoni sovuqligi yoki g‘usl uchun etarli sharoitning yo‘qligi va boshqa sabablar tufayli boshni yuvmay masx tortsa bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi, yuvish shart. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ تَحْتَ كُلِّ شَعَرَةٍ جَنَابَةً فَاغْسِلُوا الشَّعَرَ وَأَنْقُوا الْبَشَرَةَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, har bir tuk tolasi ostida junublik bor. Bas, sochni yuving va jildingizni poklang», dedilar». Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar. Sharh: Ushbu hadisi sharifda ikki muhim masala ko‘rilmoqda: 1. «Har bir tuk tolasi ostida junublik bor». Darhaqiqat, insondan shahvat bilan maniy chiqib, junub bo‘lganida uning barcha jismi ta’sirlanadi. Demak, shu sababdan butun vujudi, hatto har bir tukining osti ham junubga aylanadi. Binobarin, junublikdan poklanish uchun har bir tukning ostiga suv etkazib, yuvish kerak bo‘ladi. Agar birorta tuk ostiga suv etmay qolsa, g‘usl g‘usl bo‘lmaydi. Shuning uchun g‘usl qilgan odam juda e’tiborli va ehtiyot bo‘lishi lozim. 2. «Jildingizni poklang». Ya’ni, badaningiz, teringizni poklang. Junub bo‘lgan odamning badani nopok bo‘lib qoladi. U g‘usl qilish bilan poklanadi. G‘usl bo‘lmasa, poklanish yo‘q. Poklanish bo‘lmasa, ibodat ham yo‘q, sihat-salomatlik ham yo‘q. G‘uslning kishi sog‘lik-salomatligiga foydasini tabiblardan so‘rang. G‘usl bo‘lmasa, kishida qanday xastaliklar paydo bo‘lishini tabiblardan so‘rang. Alloh taolo o‘zimiz uchun o‘ta foydali narsani bizga ibodat qilib qo‘ygani uchun U zotga shukrlar ayting. وَفِي رِوَايَةٍ: مَنْ تَرَكَ مَوْضِعَ شَعَرَةٍ مِنْ جَنَابَةٍ لَمْ يَغْسِلْهَا فُعِلَ بِهَا كَذَا وَكَذَا مِنَ النَّارِ. قَالَ عَلِيٌّ: فَمِنْ ثَمَّ عَادَيْتُ رَأْسِي ثَلَاثًا وَكَانَ يَجُزُّ شَعَرَهُ Ushbu hadisning boshqa bir rivoyatida: «Kim junublikdan bir tuk o‘rnini yuvmay qoldirsa, do‘zaxda unday qilinadi, bunday qilinadi», dedilar». «Ali: «Shuning uchun boshimni dushman tutdim», deb uch marta aytdi. U sochini qirdirib yurar edi», deyilgan. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 16:32 | Savol-javoblar | 174 | Oila va turmush