Jome masjidimizdagi juma xutbasidagi gilam haqida
Assalomu alaykum! Masjidimizdagi juma xutbasiga solingan gilamdagi shakllar diqqatimni o‘ziga tortdi. Namangan shahar, Nurobod MFY dagi Imomi A’zam masjidi juma xutbasidagi gilamda mening fikrimcha maxluqlar rasmi bor. Masjid jamoasiga ko‘rsatdim. Bosh imom xatib Ibrohim 30 pora Qur’on yodlagan. Ramazonda hadmiga o‘tadi. Bomdod namozidan so‘ng gilamdagi shakllarni ko‘rsatdim. 2ta ayiq borligini tasdiqladi. Mahallani kattasi Jo‘raxon akaga aytamiz, Jo‘raxon aka nima desalar shu bo‘ladi, dedi. Peshin namozidan so‘ng Jo‘raxon aka, Ibrohim va men gilamni ko‘rib chiqdik. Fikrimni bildirdim. Jo‘raxon aka agar sizga gilam yoqmayotgan bo‘lsa boshqa gilam solib qo‘ying dedilar. Bu gilamni kimdir savob maqsadida olib kelgan olinmaydi, dedi. Men hech qaerga gilam solmayman, solish niyatim ham yo‘q dedim. Mavzu menga gilamni yoqish yoqmasligida emas, mahluqlar shakli haqida ketyapti desam, gaplarini o‘nglashdi, ustimdan kuldi bu odam. 30 pora yodlagan imom, juma kunlari maruza qiladi, hech qanday e’tiroz bildirmadi. Shunga qarab hali ham namoz o‘qilyapti. Shunchalik ham bo‘ladimi imom degan. Shirk va boshqa gunoh degan iboralardan foydalanmayman. Balki ilmim ozligi uchun noto‘g‘ri gapirayotgandirman, lekin rasm va mahluqlarga qarab, ustiga-ustak masjidda juma xutbasida shunday gilam tursa ham, namozxonlar qarab o‘qisa bo‘laveradimi? Agar o‘qish mumkin bo‘lsa, bu mavzu mening uchun yopiladi. Hozircha masjidga chiqib turibman, sizlarning javobingizni olguncha. Mening shaxsiy fikrim hattoki uyda devorda rasm bo‘lsa ham, kiyimda ham rasm bo‘lsa qarab o‘qimaslik kerak. Masjidga to‘g‘risi chiqgim keladi ammo mahluqlar surati borligini bilib chiqgim kelmayapti. Iltimos to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib yuboring. Rasmlarni arxiv qilib, gugl diskka doyladim, yuklab olishingiz kerak. Havola pastda. Rahmat. https://drive.google.com/file/d/17oxLwcTYtoThlHZWPWOCWw6DAeTFPvwC/view
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ibodatlarning durust bo‘lishi va har qanday karohiyat, shubha va gumonlardan xoli bo‘lishi uchun harisligingiz juda yaxshi. Ammo bizga yuborgan suratlaringizga qaraganda u erda biror jonli narsaning surati yo‘q. Siz chizib ko‘rsatgan uslubda qaralsa maxluqlarning surati bordek ko‘rinishi mumkin, lekin bu karohiyat sobit bo‘lishi uchun etarli emas. Bu tarzda qaraydigan bo‘lsak atrofdagi har bir narsada jonli jismni ko‘rishimiz mumkin bo‘lib qoladi. Dinimiz esa engillik dinidir. Toqatdan ortig‘iga buyurmaydi. Vallohu a’lam!
21 Sentabr 2022, 00:59 | Savol-javoblar | 130 | Ibodatlar