Qishda peshinning vaqti
Assalomu alaykum! Shariatda peshin namozi quyosh qiyomdan o‘tgandan to soya ikki barobar bo‘lguncha o‘qilsin deyilgan. Qishda (Namangan, chust) soya 13:10 da ikki barobardan o‘tadi. Asr namozi taqvimda 15:05 ko‘rsatilgan. Bazida masjitda yoki bazi tanishlarim peshin namozini soat 13:10 dan o‘tgandan keyinham o‘qiyveradi. Sababini so‘rasam taqvimda yozilga asr vaqtigacha o‘qisa bo‘laveradi deydi. Buni qaysi biriga amal qilish kerak.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz noto‘g‘ri hisoblabsiz. Chunki soyani ikki barobari deganda quyosh tikkaga kelgan paytdagi har bir narsaning o‘z soyasi bo‘ladi, o‘sha soyani chiqarib yuborganda ikki barobar bo‘lishi kerak. bu hozirgi kunda 15:05da ham ikki barobar bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 17:05 | Savol-javoblar | 157 | Ibodatlar