Internet bozoridan narsa olib kelib berish

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, Alexxpres degan onlayn magazin bor. Shundan men o‘zimga kerakli qurilish instrument oldim. Shunga qiziqib qolgan o‘rtog‘larim menga ham olib ber demoqda. Man foyda qilish maqsadida ozgina shuni ustidan foyda qo‘yib non esam sudxo‘rlik bo‘lmaydimi? oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ustidan foyda olishingiz uchun biror mehnat qilib va o‘sha qilgan mehnatingizni aytib haq olishingiz mumkin. Hech qanday mehnat qilmasdan haq olishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 18:57 | Savol-javoblar | 154 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar