fikrim togrimi?
assalamu alaykum ustoz, shayh hazratlari. man site ni kuzatar ekanman togrisi yurtimizda musulmonlar orasida yuz berayotgn pirlar va shunga bogliq voqealardan yoqa ushlab qoldim. shayh hazratlari bir maqolada baqara surasidagi oyatning sharh qilinib( oyat raqami yodimga kelmadi togrisi) unda hikmat va ilm haqida gapirilgan edi. hikmat mani londa tushunishimcha kereklik ilmni kerekli joyda, kereklik narsaga ishlata olishdir deb tushundim. masalan ochlik, ilimsizlik kuchayib ketgan joylarda,rizq talab qilish haqida, oila haqqini ado etish shu kabi muhim masalalar gapirilish orniga toqat sabr haiqda va yoki farz amallariga beetibor qaralayotgan ommaga farzning muhumligini tushuntirish orniga nafl namozlari haqida maviza qilaverish ham hikmattan emaslgi angladim. balki bizning yurtta ham pir va murshidlar bilan bogliq yuz berayotgan muammolar ayni shu hikmatni anglamaslikmikin? yani halqimiz ilm organishi kerak bolib turgan bir davrda uni bir chetga surib qoyib pirga qol berish zikr tasavvufga berilish. bular albatta keraklik narsalar lekin ilmdan ancha yiroq bolgan ommaga emas deb oyladim.mani fikri oizimcha ilimsiz inson heh’ qachon zikirni oz kamoliga etkaza olmas. shu fikrim togrimi. man shu fikirdan kelib chqib bazi prilarga qol berishga oshiqayotgan dostlarimga avval ilm hosil qilinglar, aqida, fiqh, ibodat, quron hadis ilimlarini organinglar shu muhimroq deb maslahat bersam togri boladimi?assalamu alaykum va rohmatullohi va barakatuhu
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Fikrlaringiz juda ham to‘g‘ri. Bu ma’noni avvalgi tasavvuf mashoyxlari ham qayta-qayta ta’kidlaganlar. Haqiqiy so‘fiylar doimiy ravishda ilm ma’rifatga, xususan shar’iy ilmlarni puxta egallashga da’vatda bo‘lganlar. «Al-Burhon al-Muayayad» kitobida zikr qilinishicha tasavvufning eng ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri bo‘lmish shayx Rifo’iy rahmatullohi alayhi quyidagilarni aytgan:«Sizlar, Horis aytdi, Abu Yazid, dedi, Halloj gapirdi, deysizlar. Bu qandoq gaplar o‘zi? Sizlar, Shofe’iy aytdi, Molik aytdi, Ahmad dedi, No‘’mon dedi, deb aytinglar. Oldin ravshan muomalalarni to‘g‘rilang, so‘ngra ortiqcha gaplar ila huzurlaning. Avval shariat poydevorlarini ilm va amal bilan mustahkamlang. Undan so‘ng noaniq ilm ahkomlari va amal hikmatlari haqida himmat ko‘rsating.Bir soatlik ilm majlisi etmish yillik ibodatdan afzaldir. Ya’ni, farzlar ustiga ziyoda qilingan va kishi ilmsiz ravishda qiladigan ibodatlardan. Zinhor Alloh johilni valiy qilib olmaydi. Agar kimni valiy qilib oladigan bo‘lsa, unga ta’lim beradi. Valiy hech qachon o‘z dini fiqhida johil bo‘lmaydi. U qandoq namoz o‘qishni, ro‘za tutishni, zakot berishni va haj qilishni yaxshi biladi».Bundan avval shariat ahkomlarini yaxshi o‘rganib olib, so‘ngra tariyqat yo‘liga kirmoq zarurligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Shar’iy ahkomlar haqida gap ketganda tariyqat shayxlarining gaplari emas, faqihlarning gaplari o‘tishi ham oddiy haqiqat ekani bilinmoqda.Darhaqiqat, avval shar’iy ilmni o‘rganib olmagan kishi ibodatni o‘rinlatib ado eta olishi mumkin emas. Shuning uchun ham katta shayxlar o‘zlariga qo‘l berib ibodatga o‘zini bag‘ishlamoqchi bo‘lgan kishilarni oldin shar’iy ilmlarni egallab olishga undaganlar. Bu haqda misol tariqasida Shayx Muhammad Hoshim al-Kashmiy o‘zining «Zubdatul Maqomot» nomli kitoblarida Shayx Abdul Ahad Maxdum tarjimai hollarida keltirgan ma’lumotlarni taqdim etamiz:«Shayx Abdul Ahadni yoshlik chog‘ida, dars olib turgan kezida «ilmi yaqiyn»ni hosil qilish va Robbil olamiynning visoliga erishish istagi qamrab oldi. Hattoki u darslarini tamomlashga ham sabr qila olmay qoldi. Shunda u ulkan shayx Abdul Quddus al-Kankuhiy tomon safar qildi. U zot o‘sha paytda chishtiya-sobiriya tariyqatining raisi edilar va shuhratlari etti iqlimga yoyilgan edi. Bas, Abdul Ahad Maxdum u kishidan zikr va virdlarni o‘rgandi. Ruhiy tarbiya va suluk ilmidan dars oldi. So‘ngra shayxdan shu erda qolib Allohga muloqot bo‘lguncha ibodatda bo‘lishga ruxsat so‘radi. Bas, ko‘p narsadan xabardor va ko‘p narsani ko‘ra biladigan shayx uni niyatdan qaytardilar va qattiq ta’kid ila diniy va shar’iy darslarini tugatishga undadilar. U kishi bu borada «Albatta, ilm ila rafiq bo‘lmagan tariyqatda nur ham, halovat ham yo‘qdir», dedilar. Abdul Ahad Maxdum shayxning yoshi o‘tib qolganini va zaifligini e’tiborga olib «Men bu maqsadni amalga oshirishni diniy ilmlarni o‘rganib bo‘lishimdan keyinga suradigan bo‘lsam, sizni topa olmaymanmi deb qo‘rqaman», dedi. Shunda shayx «Agar meni topmasang, bu merosni o‘g‘lim Rukniddinning huzurida topasan», dedilar. Bas, Abdul Ahad Maxdum u kishining amrlariga bo‘ysunib ilm va darsni qayta boshladi».Ming afsuslar bo‘lsinkim, ko‘pgina shayxlikni da’vo qiluvchilar va juda ko‘p muridlikni da’vo qiluvchilar shar’iy ilmlarda bexabar yoki ozxabar bo‘lganlari uchun tasavvufga ham dog‘ tushirganlar va tushirmoqdalar.
3 May 2022, 05:15 | Savol-javoblar | 145 | Aqiyda