Me’roj kechasi qachon?

Me’roj kechasi Rajab oyining 27 kechasidami? Men 15 kechasida, deb ukigandim. 2013 yilda Me’roj kechasi melodiy qaysi kunga to‘g‘ri kelyapti
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
ME’ROJ KEChASINING FAZILATIXalq orasida rajab oyining 27 kechasi me’roj kechasi bo‘lib, uni qadr kechasi kabi o‘tkazish kerak, degan gap-so‘zlar mashhur bo‘lib qolgan. Hatto ba’zilar me’roj kechasida o‘qiladigan muxsus namozlar borligini ham aytib yurishadi. Yana aytishlaricha, me’roj kechasida o‘qiladigan namozlarning har bir rak’atida falon, falon xos suralar o‘qilar emish. Me’roj kechasida odamlar orasida yana qanday tafsilotga ega namozlar mashhur bo‘lib ketganini Alloh biladi. Har birimiz yaxshilab bilib olishimiz kerakki, bu gaplarning hech biri shariatda biror asosga suyangan emas. ME’ROJ KEChASINI TAYIN QILIShDAGI IXTILOFBilingki, rajab oyining 27 kechasi Nabiy sollallohu alayhi vasallam me’rojga chiqqanlar, deb aniq ishonch bilan aytib bo‘lmaydi. Chunki bu borada turli rivoyatlar mavjud. Ba’zi rivoyatlarda Nabiy sollallohu alayhi vasallam me’rojga robi’ul avval oyida chiqqanlar, deyilsa, ba’zilarida rajab oyi, yana boshqa rivoyatlarda esa boshqa oylarning nomi zikr qilingan. Shuning uchun aniq ishonch bilan «Nabiy sollallohu alayhi vasallam falon kechada me’rojga chiqqanlar», deb aytish durust emas. NIMA UChUN ME’ROJ VOQEASINING SANASI MA’LUM EMAS? Shundan bilib olish mumkinki, agar me’roj kechasi qadr kabi maxsus kecha bo‘lganida, albatta, qadr kechasi kabi u haqda ham oyat yoki hadislar orqali maxsus bir hukm sobit bo‘lgan va u kunning tarixini, oyini yodda tutishga katta e’tibor qaratilgan bo‘lar edi. Lekin me’roj kechasining tarixini yodda tutishga qattiq e’tibor berilgan emas. Demak, «Rajab oyining 27 kechasi me’roj kechasidir», deb aniq tarzda aytish durust emas. U ULUG‘ KEChADIRMe’roj kechasida buyuk voqealar sodir bo‘lganligida shak-shubha yo‘q. Chunki unda Nabiy sollallohu alayhi vasallam osmonga ko‘tarilib, u zotga «qurb maqomi», ummatlarga namoz tuhfasi ato etilgan. Hech qanday shaksiz u kecha ulug‘ kechadir. Hech qaysi musulmon u kechaning ulug‘ligiga shubha qilmaydi. NABIY SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING HAYoTLARIDA ME’ROJ BO‘LGAN SANA O‘N SAKKIZ MARTA KELGANMe’roj kechasi payg‘ambarlikning beshinchi yili sodir bo‘lgan. Shu voqeadan so‘ng Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘n sakkiz yil yashadilar. Lekin shu yillar mobaynida u zot sollallohu alayhi vasallam me’roj kechasi borasida birorta maxsus hukmga buyurmaganlar yoki u kechaga alohida e’tibor qaratmaganlar yoki me’roj kechasi qadr kechasi kabi ziyoda ajru savob kechasi, degan emaslar.Nabiy sollallohu alayhi vasallam tomonlaridan bu kecha haqida na biror amal sobit bo‘lgan va na u zot davrlarida u kechani nishonlashga alohida e’tibor qaratilgan, na Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘zlari u kechaga alohida e’tibor qaratganlar va na sahobiylar u kecha haqida biror so‘z aytganlar, na alohida e’tibor bilan nishonlaganlar. U KABI BIROR AHMOQ YO‘QNabiy sollallohu alayhi vasallam bu olamni tark etganlaridan keyin yuz yilgacha sahobiylar dunyoda mavjud bo‘lganlar. Ana shu yuz yil ichida biror sahobiyning rajab oyining 27 kechasiga alohida e’tibor berganligi haqida biror narsa sobit bo‘lmagan. Nabiy sollallohu alayhi vasallam davrlarida mavjud bo‘lmagan narsalar sahobiylar zamonalarida ham mavjud bo‘lmagan. Shunday ekan, me’roj kechasini dinning bir bo‘lagi deb aytish yoki sunnat deyish yoki u bilan sunnat kabi muomala qilish bid’atdir.Qaysi kecha qanday fazilatga ega ekanini kim Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan ko‘ra yaxshi biluvchi yoki sahobai kiromlardan ko‘ra ibodatga shavqliroq bo‘lishi mumkin? Aytnig-chi, u zot aytmagan gaplarni aytib, sahobalar qilmagan ibodatni qilishga uringan kishidan ko‘ra ahmoqroq kishi bormi? DINNI SAHOBIYLARDAN KO‘RA YaXShIROQ BILUVChI BORMI? Sahobiy, tobe’in va tabaa tobe’inlar dinga tegishli har bir narsaning haqiqatini barchadan ziyoda biluvchi, yaxshi tushunuvchi va dinga mukammal tarzda amal qiluvchi insonlar bo‘lishgan. Agar bir kishi: «Men ularga nisbatan dinni yaxshi biluvchiman» yoki «Dinning zavqini ulardan yaxshiroq his qiluvchiman» yoki «Ulardan ko‘ra ibodatliman», desa, haqiqatda u kishi telbadir va dinning haqiqatini tushunmabdi. BU KEChADA XOS TARZDA IBODATGA E’TIBOR BERISh BID’ATRajab oyining 27 kechasiga xos tarzda ibodat uchun e’tibor qaratish bid’atdir. Aslini olganda, Alloh taolo qaysi kechada ibodat qilishga tavfiq bersa, nur ustiga nur. Lekin bir kunni alohida ibodatga xos tarzda tayin qilib bo‘lmaydi.قال الطيبي وفيه أن من أصر على أمر مندوب وجعله عزما ولم يعمل بالرخصة فقد أصاب منه الشيطان من الإضلال فكيف من أصر على بدعة أو منكرTiybiy rahmatullohi alayh aytdi: “Bundan kelib chiqadiki, kim mustahab ishda bardavom bo‘lib, buni qilmasam bo‘lmaydi degan e’tiqodda bo‘lsa va ruxsatga amal qilmasa, shayton uni adashtirishga muvaffaq bo‘libdi. Endi, bid’at va munkar ishda qattiq turib olgan kishining holi qanday bo‘ladi” (Mirqotul mafotih). 27 RAJAB RO‘ZASIShuningdek, 27 rajab kunining ro‘zasi haqida ba’zi odamlar «Ashuro va arafa kunlarining ro‘zasi kabi, rajab oyi ro‘zasining fazilati bor», deb tushunadilar. Rajab oyining ro‘zasi haqida bir-ikkita zaif rivoyatlar naql qilingan. Lekin bu haqda sahih sanad bilan biror rivoyat sobit bo‘lmagan.
https://savollar.islom.uz/s/3

9


20 Aprel 2022, 20:58 | Savol-javoblar | 99 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar