ZAGSdan oldin nikohdan o‘tish
Assalomu aleykum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Hazratlari. Bermoqchi bo‘lgan savolimni avval berilgan savollar ichidan qidirdim, ammo topolmadim. Mandek gunoh qilgan qizla bu forumda yo‘q ekan...Iltimos manga maslahatingiz kerak. Man yaxshi ko‘rgan yigitim bilan uchrashib yurganimga 1,5 yildan oshdi. Munosabatlarimiz chuqurlashib ketdi va biz gunoh yo‘liga kirdik (1 yildan beri). Yaqinda adamla olamdan o‘tdilar, o‘shandan beri Ohirat haqida ko‘p o‘ylaydigan va qilgan ishimdan pushaymon bo‘la boshladim. Yigitim ikkalamiza nikohdan o‘tmoqchimiza, lekin hali to‘y qilish niyatimiza ham (mani ko‘nglimga ham sig‘midi bu narsa hozir), imkoniyatimiza ham yo‘q. Bir domla endi nikohdan o‘tishni keragi yo‘q, gunohga botib bo‘libsizlar, dedi. Savolim: endi nikohdan o‘tsak ham, bu hisobga o‘tmaydimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘tadi. Tezroq nikohlanish kerak.
1 May 2022, 11:45 | Savol-javoblar | 176 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘tadi. Tezroq nikohlanish kerak.
1 May 2022, 11:45 | Savol-javoblar | 176 | Oila va turmush