haj to‘yi
Assalomu alaykum! Hozirda hamma hojilar haj to‘yi qilib beryapti. Haj ziyoratidan qaytgan odam haj to‘yi qilib berishi joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Safardan qaytgan kishi ziyofat qilib berishi joiz. Hojilarning ziyofat berishi shar’an joiz. Lekin hojilar urf qilib olgan ziyofatlari savobdan ko‘ra gunohga yaqinroq. Chunki ularda isrof, ibodatidan faxrlanish, o‘zlarini o‘zgalardan ustun qo‘yish bor. Haj ham ado qilinib, qabul bo‘lishini qattiq umid qilinadigan habata ketib qolishidan xavf qilinadigan, ado qilib maxfiy qilishga urinish kerak bo‘lgan ibodatlardandir. Ashraf Ali Tahonaviy rahmatullohi alayh bir hajga borgan kishi haqida g‘ikoya qilib “Xutubot”larida shunday deganlar: Hajga borib kelgan bir kishining ziyoratiga bordik. U ishchisiga “avvalgi safar olib kelgan zam-zam suvidan olib chiq” deb zam-zam olib chiqishga buyurdi. Borganlarning barchasi u kishining bu gapidan maqsadi hajga ikki marta borganligini bildirish ekanligini tushinishdi. Chunki zam-zamni birinchi yoki ikkinchi bor borganda olib kelganini hech qanday farqi yo‘q edi. Bundan murod hajga ikki marta borganligi bilan farxrlanish edi xolos. Bechora hajini xabata ketganini o‘ylab ko‘rmaganda. Xuddi shu kabi voqe’a shayx Sa’diyning “Guliston”ida keladi. Unda : “Otam bilan birga bir musofirxonada tunab qoldik. Biz otam ikkimiz kechasi bilan namoz o‘qib chiqdik, qolganlar esa bamdodgacha uxlashdi. Shunda men “Bizni ham kechamiz o‘tdi, ularni ham kechasi o‘tdi. Bizniki ibodat bilan ularniki g‘aflat bilan o‘tdi” degan edi. Otam menga qarab “Eh bolam-a, ularku uxlab mazza qilib dam olishdi, sen bo‘lsa uyquni ham ibodatni ham qo‘ldan boy berding” dedi” deyilgan. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 17:49 | Savol-javoblar | 188 | Ruhiy tarbiya