Meros taqsimi qanday bo‘ladi?

Assalamu alaykum Shayx hazratlari.Quyidagi savolimni sizning javobingizni kutayotgan bir oiladagi 7 farzand nomidan bermoqdaman.Otasidan meros sifatida 23 000 Amerika dollari miqdorida pul qolgan. Oiladagi 4 ug‘il va 3 qiz bu merosni qanday bo‘lishsak, shariatga muvofiq bo‘ladi, degan savol bilan sizga murojaat qilmoqda. Bu pulni ular bir xil miqdorda bo‘lishish kerakmi yoki o‘zgacha hisobdami?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Merosga qolgan pulni o‘n birga bo‘lasizlar, qizlar bir hissadan, o‘g‘illar ikki hissadan olishadi. Onalaring bo‘lsa, taqsim boshqacha bo‘ladi.

2 May 2022, 20:45 | Savol-javoblar | 139 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar