Ayolidan yana uylanganini yillarcha saqlagan odam!

Assalaamu alaykum, xurmatli shayx hazratlari! Bir opamizning boshlarida turgan muammo haqida sizga murojaat etayapmiz. Yoshlari ellikkka yaqin, kop farzandli ayol. Turmush o’rtoqlari ularga o’zi istab, qayta –qayta sovchi qo’yib uylangan. Ya’ni majburiy nikoh bo’lmagan. Turmushlarining avvalgi o’n yillarida tinch-totuv , ko’rgan-eshitganlar faqat havas qilgan oila bo’lgan. Ayol turmush o’rtogining talabi bilan yaxshigina lavozimda faoiliyat ko’rsatayotgan ishidan voz kechgan. Erini rozi qilish uchun bir ayol qilishi mumkin bolgan harakatni ortig‘i bilan qilgan. Eri tabiatan engil, oldiga qo’ygan jiddiy maqsadi bolmagan odamligi sabab duch kelgan yomon yo’llarga kirib chiqqan. (alkogol, narkotik modddalar iste’moli) Ayoli erining obro’si hayoti uchun qo’lidan kelgan barcha ishni qilgan va u yollardan chiqara olgan. Ayol oltinchi farzandini dunyoga keltirgandan so’ng, qattiq kasal bo’lib yotib qolgan. Vrachlar hatto nogiron bo’lib qolishlik tashxisini qo’yishgan. Lekin uch-to’rt yil tinimsiz kurash va irodasi sabab Alloh unga rahm qilib, kasallikdan shifo topdi. 14yildan beri eri oilasini moddiy jihatdan ta’minlamaydi. Erkakklikka yaramay qolganini aytib erlik vazifasini bajarmaydi. Ayol Allohning oldida gunohkor bo’lib qolishlikdan qattiq qo’rqqanidan bu haqida hech kimga bildirmagan va biron marta ham erining yuziga solmagan. Oilaning moddiy ta’minoti butunlay ayolning bo’ynida bo’lgan. Eriga risoladagi erga qilingan muomalani qilishda davom etgan. Lekin erining muomalasi avvalgidan ancha o’zgargan, qo’pollashgan. Ayol buni erining erlikka layoqatsizlik, pul topmaslik sababidan siqilishdan deb bilgan va sabr qilingan. Er ishlamayotgani etmaganday ayoldan, farzandlaridan o’z shaxsiy ehtiyojlarimga deb davomli ravishda pul olib turgan.Bu orada bo’lib o’tgan bir voqeani ham aytib o’tish kerakki, 12 yilcha avval eri judayam mast holatda xotinini urgan va “Sanga uch taloq” degan gapni aytgan. Keyin kelib, “Mast edim, o’sha vaqtning o’zida tavba qilganman” deb ayoli bilan yarashgan. Besh-olti oy avval ayol erining yashirin tarzda rus ayol bilan nikoh o’qitib yashayotganini, undan ikki qiz farzandi borligini bilib qolgan. Erlikka yaramayman, deyishiga sabab, narigi ayoling mendan boshqasi bilan jinsiy aloqada bo’lmaysan, deb shart qo’yganligi bo’lgan ekan. Hozirda ayol eridan faqatgina tinch yo’l bilan, qonuniy bo’lmasa-da, shar’iy tarafdan ajrashishni va undan uzoq bo’lishni istaydi. Eri bo’lsa, undan hijolat bo’lish, kechirim so’rash uerda tursin, “Oilani men emas, sen buzyapsan”degan gaplarni aytgan. Farzandlaridan esa, singillariningni tan olasanlar, man qarib qoldim, endi senlar boqasanlar, meni ota desalaring, deb talab qilgan.Savol: Usha vaqtda eri aytgan uch taloqsan, degan so’z bilan taloq tushgan bo’lsa ham ayol endi nima qilishi kerak? U istihola qilayotgan narsa Alloh uchun qilgan shuncha sabrimdan keyin ajrashib ketsam gunoh bo’lmaydimi, sabrsizlik qilib qo’ygan bo’lmaymanmi? Men-ku, mayli, farzandlarim yaxshi yashasin, o’qisin. Ayni o’qiydigan vaqtida kimnidir boqishga majbur bo’lishmasin. Agar shar’iy tarafdan ajrashsam, nimalarga haqli bo’laman? Eriga yashamayman, desa, o’zing uydan chiqib ket, debdi. Ayol olti farzandni boqib voyaga etkazgani sababidan o’sha uyda haqli emasmi? U ayol siz bilan uchrashishga ko’p marta harakat qilgan. Imkoni bo’lmagach internet orqali bo’lsa ham yo’llashimizni so’radi. Aynan sizning javobingiz qoniqtiradi. Javobingiz uchun oldindan rahmat, Alloh rozi bo’lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Taloq masalasi internetda bo‘lmaydi.

29 Aprel 2022, 17:59 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar