Evropa davlatida namoz vaqti
Assalomu alaykum! Men Stokgolm shaxridaman. Stokgolm Islom kengashining rasmiy namoz vaqtlari standard Shofi, Maliki va Xanbali mazxablari bo‘yicha. Xanafiy mazxabi bilan farqi bor. Muslim pro degan programmada 2 sidan birini tanlashingiz mumkin. Ya’ni standard 3 mazxab Stokgolmni rasmiy vaqti yoki hanafiy mazxabini vaqti, soatida farqi bor. Bu erda kun yozda uzun qishda esa qisqa bo‘ladi. Savolim shuki namozni bu erni rasmiy vaqtlariga qarab o‘kishimiz kerakmi? Ya’ni hanafiy mazxabini vaqti bo‘lmagan vaqtlar bilan yoki o‘sha programmadagi hanafiy mazxabini vaqti bilanmi? Bu erda kun yozda uzun qishda esa qisqa bo‘ladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jamoat qaysi birini tanlasa siz ham o‘shalar bilan birga bo‘ling. Yolg‘iz o‘qiydigan bo‘lsangiz hanafiy vaqtini oling. Peshinni uch mazhabda asrning vaqti kiridi deyilgan vaqtdan kechiktirmang. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 08:05 | Savol-javoblar | 175 | Namoz