Bolani tarbiya qilish

Assalomu alaykum! Bola uydan mayda pul o‘g‘irlagan paytida qanday tushuntirish kerak?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Kichkina bolani so‘ramasdan olgan narsasi uchun hecham uni  o‘g‘irlikda ayblab urishish mumkin emas. Chunki bu  safar kuchli va yashirinchasiga ishni yana takror qilishi tabiiy. Avvalam bor bu ishni qilayotganini sababini o‘rganib chiqish kerak. Ya’ni, bolalar ko‘pincha, ota-onasining unga e’tibori, mehri  kamligi, ko‘p urush-janjalli oilada o‘g‘irlik orqali o‘zidagi negativ his tuyg‘ulardan xalos bo‘lish uchun, o‘zini kamsitilgan hollarda buyukligini bildirish uchun, oilada kimga e’tibor kuchli bo‘lsa o‘shaning narsasini o‘g‘irlab, go‘yoki e’tibor endi unga bo‘ladigandek his qilish uchun o‘g‘irlik qilishi mumkin. Sababini bilib olingandan keyingina, bolani haqoratlamay, uni ayblamay, qilingan ishi noto‘g‘ri ekanligini tushuntirish kerak. Oiladagi kattalarning bu ishi haqidagi gap-so‘zlari, fikrlari bir xil bo‘lishi shart. Bunday holatlarda bola o‘z ichiga kirib ketmasligi uchun, u bilan tez-tez "dardlashib" turilib, mehrni kuchli berib, nasihat orqali ta’sir ko‘rsatilishi kerak. Shunda xam bu ishida bola davom etaversa, u holda ruxshunos ko‘rigidan o‘tkazish kerak bo‘ladi. Albatta, ruxshunos avvalom bor ota-ona bilan gaplashib, ota-onasi o‘zining dunyoqarashini o‘zgartira olganidan keyingina bola bilan ishlasa to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki ko‘pincha xollarda insoniyatdagi yomon illatlarga chuqur baho beruvchi va kuchli tanqid qilib, lekin o‘zidagi noma’qul ba’zi  illatlarga e’tiborsiz bo‘lganda va ba’zi insonlarni yoki o‘zini "farishta" darajasiga chiqazib, "ideal"lashtirilganda farzandlar shunday qiliq chiqazadilar. Bunday xolatlardan qutulish uchun xar bir inson o‘zidagi "ruhiy tarbiya"si bilan ishlashi kerak. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 18:32 | Savol-javoblar | 179 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar