Dinni tan olmaslik
Assalomu alaykum! Bir tanishim “men birorta dinda emasman faqat Allohga ishonaman tamom” deydi. U Namangandan, o‘zbek millatidan. Men hijobdaman. Uning fikricha biz insonlar har kuni gunoh qilamiz. Va yana namoz o‘qib, Allohdan gunohlarimizni kechirishini so‘raymiz. “Seni bu ishing Allohni o‘yin qilish” deydi. “Yo umuman namoz o‘qima yoki namozingni o‘qib, umuman gunoh qilma”, deydi. Musulmon bo‘la turib o‘z dinini tan olmaslik bu nima deyiladi. “Men Iso payg‘ambarni tan olaman, Injilni o‘qiman, lekin na yahudiyman, na musulmonman”, deydi. Men musulmon emasman deyishi va birorta dinni tan olmaslik bilan dindan chiqib qolmayaptimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu Allohni o‘yin qilish emas, qo‘ldan kelganicha ibodat qilish hisoblanadi. Uni murtad deyiladi. Musulmon erkakka turmushga chiqishi, mabodo o‘lsa janoza o‘qilib musulmonlar qabristoniga ko‘milishi joiz emas. Siz u bilan aloqada bo‘lmang. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:55 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar