Emizish davrida
Assalomu alaykum! Avalambor bu sovobli ishlaringizga Alloh madat bersin va yaxshi amallarda barchamizni sobit qadam qilsin. Hammaga ma’lumki yangi tuqqan ayol 40 kun chilla saqlaydi. Shu chilla vaqtida go‘dak o‘z ona suti bilan oziqlanish jarayonida Qur’ondan biron suralar o‘qib emizish mumkinmi? Garchi betahorat holda bo‘lsa ham? Oldindan rahmat. Barchamizdan Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Eslatma : Farzand tug‘ilganidan keyin keladigan qonni nifos deyiladi. Bu qon hayz kabi har bir ayolda har xil bo‘ladi. To‘xtamay kelsa 40 kun bo‘lib, oshgan kunlari istixoza bo‘ladi. Ba’zi ayollar 3 kun, ba’zilar 10 kun, ba’zilar 20 kun qon ko‘radilar. Hamma ayolniki 40 kun bo‘ladi – degan gap yo‘q. Qon to‘xtashi bilan g‘usl qilib, namoz va ro‘zasi(ramazon oyi bo‘lsa)ni boshlashi farz. 40 kungacha namozni tark qilaverish gunohi kabira bo‘lib, qon to‘xtagandan boshlab qoldirgan namozlarini qazosini o‘qishi farzdir. Qon kelib turgan vaqtda Qur’on tilovat qilish joiz emas. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 06:06 | Savol-javoblar | 181 | Oila va turmush