Qabrga tosh qo‘yish to‘g‘risida
Assalomu alaykum! Qabrga tosh qo‘yishni mumkin emas deb eshitganmiz. Aytishlaricha marhum “o‘zi elkamdagi og‘irim etmasmidi, yana ustimga tosh qo‘yib ketdinglar” der ekan. Lekin kecha katta opam bir gap aytib qoldi. Masalan men qabristonga borganimda hurmatli ustozimni qabrtoshdan tanib, o‘tirib bilganimcha Qur’on tilovat qilaman. Dadam rahmatliyam juda ko‘p shogirdlarga hurmatli ustozi edilar, tosh qiysak o‘tgan-ketgan shogirdlari hech bo‘lmasa haqlariga duo qilib ketishsayam dadam engil bo‘lardi, shuni nima qisak ekan deb qoldi? Qabrlarga tosh qo‘yish but-sanamlarga sig‘inishni keltirib chiqarganini shayx Hazratlarini gapirganlarini eshitdim. Shunga hayron bo‘lib turibmiz. Nima qilaylik? Javobiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qarindosh-urug‘lar va yaqinlarni bir joyga dafn qilish ham mustahab sanaladi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham Usmon ibn Maz’un vafot etganda qabrning bosh tomoniga bir tosh qo‘yib: “Birodarim qabrini ma’lum qilish, qarindoshlarimdan vafot etganlarni uning yoniga dafn qilish uchun shu toshni qo‘ydim”, deganlar. Abu Dovud va Bayhaqiy Muttolib ibn Abdulloh ibn Hantobdan rivoyat qilishgan. Vallohu a’lam! https://fiqh.uz/index.php/fiqh-uz/dolzarb-mavzu/234-ajtarilgan-ishlar
29 Aprel 2022, 18:35 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar