Allaxumma asaluka xubbaka …

”Allaxumma asaluka xubbaka va xubba man yuxibbuka va xubba ’amalin yuqorribun ila xubbika”. Duoning Arabcha yozilishini va o‘zbekcha ma’nosini yozib bersangiz iltimos.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Oriflardan biri: “Dunyo hayotida ham bir jannat borki, kim unga kirmasa oxirat jannatiga ham kirmaydi”, deganida, “U nima?” deyishdi. Shunda u: “Alloh muhabbati va uning zikri”, dedi. Va yana biri: “Qalbda shunday bir jarayon fursati bo‘ladiki, men o‘zimga o‘zim: “Agar jannat ahli mana shunday holda bo‘lishsa ular ayshu-ishrat hayotida ekanlar, deb aytaman”, dedi. Shundoq ekan, quyidagi zikrlarni ko‘paytirginki, Alloh muhabbati va Uning zikridagi halovatga inshaalloh erishasan. "اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ حُبَّكَ وَحُبَّ مَنْ يُحِبُّكَ، وَالعَمَلَ الَّذِي يُبَلِّغُنِي حُبَّكَ؛ اللَّهُمَّ اجْعَلْ حُبَّكَ أَحَبَّ إِلَيَّ مِنْ نَفْسِي وَأَهْلِي وَمِنَ الْمَاءِ البَارِدِ" «Allohumma inniy as‘aluka hubbaka va hubba man yuhibbuka val ’amalallaziy yuballig‘uniy hubbaka. Allohumma ij’al hubbaka ahabba ilayya min nafsiy va ahliy va minal ma‘il baridi». (Ma’nosi: “Allohim, Sening muhabbatingni va Seni yaxshi ko‘rgan kishining muhabbatini hamda Sening muhabbatingga etkazadigan amalni Sendan so‘rayman. Allohim, muhabbatingni, nafsimdan, ahlimdan va sovuq suvdan ham menga mahbubroq qilgin”). Imom Termiziy rivoyati. سُبْحَانَ اللهِ وَبِحَمْدِهِ عَدَدَ خَلْقِهِ وَرِضَا نَفْسِهِ وَزِنَةَ عَرْشِهِ وَمِدَادَ كَلِمَاتِهِ «Subhanallohi va bihamdihi ’adada xolqihi va rizo nafsihi va zinata ’arshihi va midada kalimatihi». (Ma’nosi: Yaratganlarining adadicha, nafsi rozi bo‘lgunicha, arshning vaznicha, kalimalarning uzunligicha Allohga hamd aytaman va Uni poklayman.) Imom Muslim rivoyatlari. Allohumma = Ey Allohim; inniy = albatta men -> albatta (in), men(niy); as‘aluka = Sendan so‘rayman -> so‘rayman (as‘alu), sendan (ka); hubbaka = Sening muhabbatingni -> muhabbatingni (hubba), sening(ka); va hubba = va muhabbatnikim; man yuhibbuka = Seni yaxshi ko‘rgan kishining -> kishining (man), yaxshi ko‘rgan (yuhibbu), seni(ka); val ’amalallaziy = hamda shunday amallarni (so‘raymanki) -> hamda (val), amalni (’amal), shunday (allaziy); yuballig‘uniy hubbaka = (u amallar) Sening muhabbatingga etkazadi -> etkazadilar (yuballig‘un), meni (iy), muhabbatingga (hubba), sening(ka).

29 Aprel 2022, 19:28 | Savol-javoblar | 186 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar