Bilmasdan

Assalomu alaykum! Men ayolim bilan urushib qolganimda bor yo‘qol deyman. Shunda o‘rtaga taloq tushmaydimi? Jaxlimni chiqarsa ham bor yo‘qol deyman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq niyatida aytgan bo‘lsa taloq tushadi. Buni kinoiy taloq deyiladi. Sodda bir misol bilan tushuntirsak boshliq ishchisini “Sen ishdan bo‘shading” deb ochiq-oydin aytishi ham mumkin “Uyinga ketaver” deb ishdan bo‘shatishi ham mumkin. uyinga ketaver har doim ham ishdan bo‘shashga dalolat qilmaydi. Ammo boshliq “Uyinga ketaver” degandan bo‘shatishni iroda qilgan bo‘lsa ishdan xaydalganidek, er ham xotiniga qaytib yashamaslik, taloq qo‘yish maqsadida “Ket yo‘qol” desa taloq tushadi. Buni erning niyatidangina bilish mumkin. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 14:26 | Savol-javoblar | 165 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar