Ayollarning ehsoni
Assalomu alaykum! Xozircha uyda dekretdaman. Ora orada hunarim ketidan kelgan pulimdan ehson qilaman. Pulim bo‘lmasa juftimdan olib, masjidga, beva becharalaga ehson qilsam uni savobi manga yoziladimi yoki pul berganliklari uchun juftimgami? O‘zimga ko‘proq ajru savob yozilishi uchun ehsonni qanaqa usulda qilganim yaxshi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ikkingizga ham savob yoziladi.
2). Alloh taolo "Baqara" surasida marhamat qiladi:يَسْأَلُونَكَ مَاذَا يُنفِقُونَ قُلْ مَا أَنفَقْتُم مِّنْ خَيْرٍ فَلِلْوَالِدَيْنِ وَالأَقْرَبِينَ وَالْيَتَامَى وَالْمَسَاكِينِ وَابْنِ السَّبِيلِ وَمَا تَفْعَلُواْ مِنْ خَيْرٍ فَإِنَّ اللّهَ بِهِ عَلِيمٌ 215. Sendan nimani nafaqa qilishni so‘rarlar. «Nafaqa qilgan yaxshiligingizdan ota-onalarga, yaqin kishilarga, etimlarga, miskinlarga va vatangadolarga bo‘lsin. Qanday yaxshilik qilgan bo‘lsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir», deb ayt.
Savol nimani nafaqa qilish haqida bo‘lgan edi: «Sendan nimani nafaqa qilishni so‘rarlar». Javob esa kimlarga nafaqa qilishni ham bayon etyapti: «Nafaqa qilgan yaxshiligingizdan ota- onalarga, yaqin kishilarga, etimlarga, miskinlarga va vatangadolarga bo‘lsin». Demak, yaxshilikni nafaqa qilinar ekan. Qur’oni Karimda xayr, yaxshilik so‘zi ko‘pincha mol-dunyo ma’nosida ishlatilgan. Bu joyda ham xuddi shu ma’noni anglatmoqda. Nafaqaga loyiqlar ichida bekorga ota-onani birinchi zikr qilinayotgani yo‘q. Inson tabiati o‘zi shuni taqozo qiladi. O‘zidan keyingi birinchi haqdor ota-onasi bo‘ladi. Ota-onasini muhtoj qo‘yib, ulardan boshqalarga nafaqa qilishdan nima foyda bor? Shuningdek, yaqin kishilar, qarindoshlar haqdorlik jihatidan boshqalardan ustunlar va hokazo. Nafaqa qilish xuddi shu tartibda bo‘lishi lozimligi Payg‘ambarimiz alayhissalomning hadislarida ham zikr qilingan. Imom Muslim Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki, Payg‘ambarimiz alayhissalom bir kishiga: «Sadaqa qilishni o‘zingdan boshla, ortib qolsa ahlingga qil, agar ahlingdan ham ortib qolsa, qarindoshlaringga qil, agar qarindoshlaringdan ham ortib qolsa, ulardan boshqalarga va hokazo», degan ekanlar. Nafaqa qilish bandadan, uning savobini berish, taqdirlash Allohdan. Chunki «Qanday yaxshilik qilgan bo‘lsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir».إِن تُبْدُواْ الصَّدَقَاتِ فَنِعِمَّا هِيَ وَإِن تُخْفُوهَا وَتُؤْتُوهَا الْفُقَرَاء فَهُوَ خَيْرٌ لُّكُمْ وَيُكَفِّرُ عَنكُم مِّن سَيِّئَاتِكُمْ وَاللّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ 271. Sadaqani oshkora qilsangiz, qandoq ham yaxshi. Agar maxfiy qilsangiz va faqirlarga bersangiz, bu siz uchun yaxshidir. Sizdan gunohlaringizni yuvadir. Va Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.
Ushbu oyati karimada sadaqani oshkora qilish ham, maxfiy qilish ham maqtalmokda. Bu haqdagi boshqa oyat va shar’iy dalillarni jamlab o‘rganib chiqqan ulamolarimiz xulosa qilib aytadilarki, sadaqa farz bo‘lsa, uni oshkora qilish yaxshi, chunki bu holda Allohning amriga toat oshkora ko‘rinadi va haqdor bo‘lmagan kishilarga ham mazkur sadaqadan tushib qolishi mumkinligi oldi olinadi. Agar sadaqa ixtiyoriy va manmanlikdan uzokda bo‘linadi. Oyati karimada: «Sadaqani oshkora qilsangiz, qandoq ham yaxshi», deyilganida farz sadaqalar ko‘zda tutilgan. «Agar maxfiy qilsangiz», deyilganida ixtiyoriy sadaqalar ko‘zda tutilgan. «... va faqirlarga bersangiz, bu siz uchun yaxshidir». Ya’ni sadaqaning eng haqdori kambag‘al-faqir kishilardir. Islomda sadaqaning joriy qilinishi ham o‘sha toifaning himoyasi va yordami uchun bo‘lgan. Sadaqa qilish xoh oshkora bo‘lsin, xoh maxfiy bo‘lsin, doimo o‘z egasiga foyda keltiradi, uning gunohlari yuvilishiga sabab bo‘ladi: «Sizdan gunohlaringizni yuvadir». Bu va’da, o‘z navbatida, kishilarning qalbini larzaga soladi, taqvo hissini orttiradi. «Va Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir». Har bir amalingizga o‘ziga yarasha mukofot yoki jazo beradi. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan ushbu oyati karimaning tafsirida qilingan rivoyatda u kishi aytadilarki: «Alloh taolo ixtiyoriy sadaqada maxfiylikni joriy qilgan. Bu borada maxfiysi oshkorasidan etmish marta ko‘p savobga ega bo‘ladi. Farz sadaqaning oshkorasini maxfiysidan yigirma besh marta afzal qilgan». Ma’lumki, odamning topgan mol-mulkidan o‘z ixtiyori bilan boshqa kishilarga sadaka qilishi oson emas.Buning uchun doimiy ravishda targ‘ibot olib qalbidagi baxillik, molga bo‘lgan hirs hislarini yo‘qotish kerak bo‘ladi. Ikkinchidan, saxiylik darajasiga etganlarida riyokorlikni yo‘qotish uchun harakat qilmoq lozim bo‘ladi. Hayotiy tajribada ham mol sarflashni yo‘lga qo‘yishdan ko‘ra riyodan qochishni yo‘lga qo‘yish qiyin ekanligi ko‘rilgan. Kishilarda qilgan sadaqasini, yaxshiligini odamlar bilishini xohlash tabiati kuchli. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 04:14 | Savol-javoblar | 161 | Zakot