Pishloq va safar haqida

Assalomu alaykum! Pishloq xam shubxali taomlar qatoriga kiradimi?

2). Akam Toshkenda muqim yashaydi, Farg‘ona viloyat Beshariqqa ota-onamizni ko‘rgani kelganda muqim bo‘ladimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!1). Pishloqning ichiga arab tilida “infixa”(shirdon) deb nomlanuvchi aralashma qo‘shiladi. U sut emizuvchi hayvonlarning qorinlaridan olinadi. Agar shariatga muvofiq so‘yilgan hayvonlardan olingan yoki o‘simlikdan olingan bo‘lsa, uni eyishda shak-shubha yo‘q. Jumhur ulamolar esa “infixa”(shirdon)ni najosat deb hukm qilganlar. Shuning uchun u aralashgan narsani ham “eyish joiz emas” deydilar.Hanafiy mazhabi ulamolari “o‘limtik hayvonning yungi va suyaklari pok” deyishadi. Chunki ularda hayot yo‘q. Shuningdek “pishloqqa qo‘shiladigan oshqozondan olinadigan aralashma ham pokdir” deb aytishadi. Qolaversa:عن ابن عباس أن رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم لما فتح مكة رأى جبنة فقال: ما هذا؟ فقالوا: طعام يصنع بأرض العجم. فقال صلى الله عليه وعلى آله وسلم- :ضعوا فيه السكين واذكروا اسم الله وكلوا Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makka fath qilinganida pishloqni ko‘rib, “Bu nima” dedilar. Sahobalar: “Ajam erlarida tayyorlanadigan taom” deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Pichoq bilan kesib, Allohning ismini zikr qilinglar va eyaveringlar” dedilar".عن عمر رضي الله عنه: الجبن من اللبن واللبا فكلوا واذكروا اسم الله عليه، ولا يغرنكم أعداء الله Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Pishloq, sut va libo(hayvonning yangi suti)dandir. Unga Allohning ismini zikr qilinglar. Allohning dushmanlari sizlarni aldab qo‘ymasin". Sahobalar Iroq shaharlarini fath qilganlarida majusiylarning pishloqlaridan eganlari va bu ularning oralarida keng tarqalgani rivoyatlarda keladi.
2). OTA VA O‘G‘IL BIR-BIRLARINING UYLARIGA BORGANDA... O‘g‘il otasining uyidan butunlay ketib, boshqa shahardan uy-joy qilgan bo‘lsa va ularning uylari orasidagi masofa shar’iy masofadan uzoq bo‘lgan shahar yoki qishloqlarda joylashgan bo‘lsa, ular bir-birlarinikiga mehmonga borganlarida musofir bo‘lishadi. Agar o‘g‘il otasining joyini butunlay tark qilmagan bo‘lsa, otasining uyiga kelishi bilan muqim bo‘ladi.Agar ota va o‘g‘il alohida-alohida safar masofasidagi vatani iqomatda yashashsa, bir-birlarinikiga borganlarida musofir bo‘lishadi.فَلَوْ كَانَ لَهُ أَبَوَانِ بِبَلَدٍ غَيْرِ مَوْلِدِهِ وَهُوَ بَالِغٌ وَلَمْ يَتَأَهَّلْ بِهِ فَلَيْسَ ذَلِكَ وَطَنًا لَهُ إلَّا إذَا عَزَمَ عَلَى الْقَرَارِ فِيهِ“Balog‘atga etgan kishining tug‘ilib-o‘sgan joyidan boshqa erda ota-onasi bo‘lsa va bola u joyda oila qurmagan bo‘lsa, ota-onasining turar joyi unga vatani asliy bo‘lmaydi. Lekin otan-ona oldida qolishni qasd qilsa, u joy unga vatani asliyga aylanadi” (“Roddul muhtor”). Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 20:35 | Savol-javoblar | 178 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar