Ustoz yana ixtilof kuzgalibdi Mavzu: Erkak va ayol namozi urtasidagi fark

Assalomu alaykum va raxmatulloxi va barokatuxu!Savol: Ixtilofchilar savol mavzusida kutarilgan masalani yana boshkatdan kutarishmokda. Menimcha bu ularning navbatdagi raddiyalari bulsa kerak. Valloxu a’lam.Ularning raddiyalaridan iktibos keltirsam:02.05.2011Erkak va ayolning namozidagi farqBismillahir rohmanir rohiymBarcha maqtovlar Allohga xosdir. Biz Unga hamd va istig‘forlar aytib, undan nafsimizning shumligi va amallarimizning yomonligidan panoh so‘raymiz. Alloh hidoyat qilgan kimsani adashtiruvchi, adashtirgan kimsani to‘g‘ri yo‘lga soluvchi zot yo‘qdir. Men «Yagona, sheriksiz Allohdan boshqa iloh yo‘q va Muhammad Uning bandasi va rasulidir» deb guvohlik beraman.«Ey mo‘minlar, Allohdan haq-rost qo‘rqish bilan qo‘rqinglar va faqat musulmon bo‘lgan hollaringda dunyodan o‘tinglar!» (Oli Imron: 102).«Ey insonlar! Sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratgan va undan juftini vujudga keltirgan hamda u ikkovidan ko‘p erkak va ayollarni tarqatgan Robbingizdan qo‘rqingiz! Yana oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi solinadigan Allohdan qo‘rqingiz va qarindosh-urug‘laringiz (bilan ajralib ketishdan qo‘rqingiz)! Albatta Alloh ustingizda kuzatuvchi bo‘lgan zotdir» (Niso: 1).«Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqinglar, to‘g‘ri so‘zni so‘zlanglar! (Shunda Alloh) ishlaringizni o‘nglar va gunohlaringizni mag‘firat qilar. Kim Allohga va Uning payg‘ambariga itoat etsa, bas u ulug‘ baxtga erishibdi» (Ahzob: 70, 71).So‘ng…Darhaqiqat, so‘zlarning rosti – Allohning Kalomi, yo‘llarning yaxshisi – Muhammad sollallohu alayhi va sallamning yo‘li, ishlarning yomoni – (dinda) yangi paydo qilinganlari, (dinda) yangi paydo qilingan barcha narsa bid’at, barcha bid’at – zalolat, barcha zalolat esa jahannamga eltuvchidir.[1]Namoz asoslarida erkak bilan ayol kishining namozi o‘rtasida hech qanday farq yo‘q. Rosululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: «Men qanday namoz o‘qiyotganimni ko‘rgan bo‘lsangiz, xuddi shunday namoz o‘qing!» (Buxoriy 631, 6008).Bu buyruq har qanday namozga tegishlidir, bu farz namozlari bo‘ladimi yoki nafl bo‘ladimi, ummatning hamma a’zosiga tegishli, erkak bo‘ladimi yoki ayolmi, qariyami yoki yoshmi.Bir muhim qoidani bilib olshimiz lozim, Alloh taoloning dinida Allohning yoki Uning Payg‘ambarining (sollallohu alayhi va sallam) har qanday buyrug‘i istisnosiz hammaga tegishlidir, faqatgina dalil bilan farqlanmasagina.Bir kishiga murojaat butun ummatga murojaatni o‘z ichiga oladi, xuddi shunday erkaklarga qilingan murojaat ayollarga murojaatni o‘z ichiga oladi. Bu masala hususida Ahli-Sunna ichida ixtilof yo‘q.Alloh taolo aytadi:«Xoh erkak, xoh ayol bo‘lsin — kimda-kim mo‘min bo‘lgan holida yaxshi amallardan qilsa, ana o‘sha kishilar jannatga kirurlar va ularga zarracha zulm qilinmas» (Nisa: 124).Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Bir kuni Rosululloh (sollallohu alayhi va sallam), o‘rnida ho‘llik topgan, lekin uyqusida ehtilom bo‘lgani eslolmagan kishi haqida so‘raldilar. U kishi aytdilar: «U g‘usl qilishi lozim». U kishi shahvoniy tush ko‘rgan, ammo ho‘llik ko‘rmagan kishi haqida so‘ralganlarida, aytdilar: «U g‘usl qilishi shart emas». Shunda Ummu Sulaym so‘radi: «Agar ayol kishi tushida shu kabi narsani ko‘rsa g‘usl qilishi shartmi?». Javob berib aytdilar: «Ha, albatta, ayollar erkaklarning birodarlaridir!»» (Abu Dovud 236, Termiziy 113. Imom Ibn al-Qatan va shayx Alboniy bu hadisni sahihligini tasdiqlashdi).Bu hadisni sharhida Imom Xattobiy aytdilar: «Bu hadisdan tushuniladiki, agar murojaat erkaklarga qaratilgan bo‘lsa, bunga ayollar ham kiradi. Faqatgina ba’zi belgilangan o‘rinlarda, aniq dalillar hukmni ajratib bayon qilgani bundan mustasno» (Ma’alimu-Ssunan 1/161).Xuddi shunday qavlni Shayx Shamsulhaq Azim Adabiy ham keltiradilar. U kishi Imom Abu Dovudning hadislar to‘plamiga mashhur sharhni yozganlar («Avnul-Ma’bud» 1/295).Bu zarur qoidani bilib olganimizdan keyin, erkaklar bilan ayollarning namozida bu yoki u holatda farq bor deydiganlarga aytamizki: Bu gapingizga dalil keltiring!Ha, sajdada va tashahhudda o‘tirganda ayollar erkaklarga o‘xshamasligi haqida uchta hadis bor. Bu hadislardan biri mursaldir, uni Abu Dovud «al-Marosil»da 118 raqam bilan rivoyat qiladilar. Mursal – shunday hadiski, uning sanadida tobein bilan Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va salllam) orasidagi roviy tushib qolgan («Nuzhatun-nazar» 43). Bunday hadis dalil sifatida qabul qilinmaydi.Qolgan ikki hadis esa, ularning sanadi to‘liq, ammo ikkisi ham zaifdir. Bu hadislarni imom Bayhaqiy rivoyat qilib aytadilar: «Bu masala (erkak bilan ayolning namozi farqliligi) borasida esa ikkita zaif hadis rivoyat qilinadi. Ularga asoslanish mumkin emas!» («Sunan al-kubro» 2/

).Shunday ekan, namozni ado qilishda erkak bilan ayolni orasida farq borligiga dalolat qiluvchi biror sahih hadis yo‘q. Buning aksi, salaflarimizdan rivoyat qilingan asalar, erkak bilan ayolni namozi orasida farq yo‘qligini tasdiqlaydi. Imom Buxoriy rivoyat qiladilar: «Ummu Dardo namozda erkaklar o‘tirgani kabi o‘tirardi, u faqiha ayol edi» («Sahih al-Buxoriy» 1/123).Ammo olimlar orasida bu qaysi Ummu Dardo ekani haqida ixtilof bor, sahobiyami yoki tobeinlardanmi? Chunki, Abu Dardoning ikkita xotinlari bo‘lgan. Hofiz Ibn Hajar bu erda kichik Ummu Dardo ekanligini ixtiyor qildi, Buxoriyni o‘zi esa kattasini ixtiyor qildi, chunki uni o‘zi aytdi, u faqiha edi deb. Shu sababdan o‘zining «Sahih»larida dalil sifatida rivoyat qildi. Hatto Ibn Hajarni o‘zi, bu bobning nomining ma’nosini sharhlab va Buxoriy shu bobda Ummu Dardodan rivoyatni keltirganini aytib, shunday dedi: «Buning sabablaridan biri shuki, erkak bilan ayolni namozni ado qilishida farq yo‘qligidir» («Fathul Boriy» 1/356).Ammo, erkaklar bilan ayollarning namozi o‘rtasida ba’zi farqlar borki, bunga Sunnat dalolat qiladi. Bu quyidagilardir:1. Avratni berkitish. Bunda ular farqlidirlar, chunki ayol kishi erkaklardan farqli o‘laroq, kaft va yuzidan boshqa butun badanini berkitishi lozim.2. Erkaklardan orqada namoz o‘qishlari lozim. Imomning xatosiga ayollar chapak chalish bilan ishora qilishadi, erkaklar «Subhanalloh» deyishlik bilan.3. Agar ayol bir erkak bilan namoz o‘qisa, masalan akasi yoki eri bilan, ayol kishi orqada turadi. Ikki erkak esa yonma-yon turishadi.4. Agar ayollar o‘zaro jamoat bo‘lib namoz o‘qishsa, erkaklardan farqli ravishda, imom birinchi qatordagi ayollarni orasida turadi. Oisha (roziyallohu anho) shunday qilganlar.5. Erkaklardan farqi, ayollar uchun jamoat namozidagi eng yaxshi qator orqadagisi (erkaklardan uzoqrog‘i). Erkaklar uchun eng yaxshi qator avvalgisidir.6. Ayol kishi erkaklar uchun azon va iqomat aytmaydi, ammo o‘zaro bu ishni qilishlari mumkin. Bu Oishadan (roziyallohu anho) rivoyat qilinadi.7. Begona erkaklar borligida namozni ovoz chiqarib o‘qimaydi.8. Ular uchun namozni jamoat bilan ado qilish vojib hisoblanmaydi, erkaklarda esa aksincha («al-Mug‘niy» 1/488, 2/258, 328, «al-Majmu’» 3/429, 455).Namozning o‘zini ado qilish borasida esa hech qanday farq yo‘q, na qiyomda, na qo‘l ko‘tarishda, na qo‘llarni ko‘krakka qo‘yishda, na ruku’da, na sajdada va na tashahhudga o‘tirishda farq yo‘q.Ammo ba’zi imomlarning ayol kishi qo‘llarini badaniga tekkizishi va siqilibroq namoz o‘qishini yaxshiroq deb bilishganlari esa, ularning bunday chegaralashlariga biror sahih hadis yo‘q. Bu shartlarga imom Ibn Hazm raddiya berib, bu haqida biror dalil yo‘qligini aytganlar («al-Muhalla» 4/124).Kim aksini gapirsa dalil keltirishi shartdir («Sahih fiqhus-Sunna» 1/345-346).Vallohu a’lam.Iktibos tugadi.Muxtaram ustoz! Ixtilofchi toifalarning navbatdagi bu raddiyalariga sizdan urinli javob kutib kolamiz. Savolim nourin bulgan bulsa uzrimni kabul kilgaysiz. Uzingiz bilganizday men ixtiloflarga karshiman. Ularni doimo oldini olsam deyman. Allox dinimiz yulida olib borayotgan ishlaringizni davomli kilsin! Amin!


Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ixtilofchilarning manba’lariga nazar soling. Shayx Alboniy, «al-Muhalla», «Sahih fiqhus-Sunna». Biz bunga o‘xshash narsalarni aytib o‘tganmiz. Javobi o‘zi bilan.

27 May 2022, 03:55 | Savol-javoblar | 201 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar