Paypoqqa mash tortish

Assalomu alaykum! Men «namoz» bo‘limining «Paypoqqa masx tortish» xaqidagi maqolani o‘qib qoldim. Unda mumkin emas deyilgan. Biz taraflarda gaz yo‘q. Shuning uchun qishning shiddatli kunlarida 2ta qilin paypoq kiyib masx tortaman. Maxsilarni toqatim ko‘tarmaydi. Shunday qilsam bo‘laveradimi?
2) Kalish yoki ayollar qishda kiyadigan poyabzallarga masx tortib, keyin xonaga kirib paypoqda o‘qisa bo‘ladimi? Yoki bu xukm fakat maxsiga aytilganmi?
Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘sha maqolada o‘qiganingizdek asl oyoqni yuvish. Ummatdan qiyinchilik ko‘tarilishi uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mahsiga mash tortganlar. Mash tortish borasida 70ga yaqin sahoba roziyallohu anhumlardan hadis rivoyat qilingan. Paypoqqa mash tortish bo‘yicha 2ta hadis rivoyat qilingan bo‘lib, ular ham zaif. Barcha mazhab ulamolari uni dalil bo‘lishga yaramaydi deyishgan. Bizning vazifamiz shariat hukmini bayon qilish, hozirgi paypoqlarga mash tortsa bo‘lmaydi. Siz aytgan paypoqqa ham. Xohlasangiz ulamolarni fatvolarini olib oxiratda najot toping, xohlasangiz aqlingizga suyaning. 2). Bu hukm faqat mahsiga aytilgan. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 20:37 | Savol-javoblar | 207 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar