Abortdan keyingi holat
Assalomu alaykum! Bir muslima singlimiz, sog‘ligi sababli abort qildirishga majbur bo‘lgan. Bu holatda ham nifosdagi hukmlar o‘rinli bo‘ladimi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Masala: Bola tushib qolsa, yoki biror sabab bo‘lib tushirilsa, ayol nifos qoni ko‘ruvchiga aylanadimi? Javob: Buning uchta surati bor: 1. Mustabiynul xilqa: hamma yoki soch, tirnoq, barmoq, oyoq-qo‘l kabi ba’zi a’zolari zohir bo‘lgan chaqaloq. Uning hukmi-tirik tug‘ilgan bola kabi bo‘lib, undan keyin kelgan qon nifos bo‘ladi. Homila tufayli iddada o‘tirgan ayolning iddasi tugaydi. “Agar bola tuqsang taloqsan”, deb bola tug‘ishga ta’alluqli qilingan bo‘lsa, taloq voqe’ bo‘ladi. 2. G‘oyri Mustabiynal xilqa: birorta ham a’zosi zohir bo‘lmagan homila. Uning hukmi-undan keyin kelgan qon nifos qoni bo‘lmaydi. Agar o‘sha qon hayz nisobicha, ya’ni eng kami uch kechayu uch kunduz davom etsa va shu qon kelishidan avval ayol eng kami o‘n besh kun pok bo‘lgan bo‘lsa, hayzdir. Agar bu shartlardan birortasi topilmasa, istihoza qoni hisoblanadi. 3. Mushtabihul xilqa: a’zosi zohir bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi ma’lum bo‘lmagan homila. Uning hukmi-agar homila to‘rt oy, ya’ni 120 kun yoki undan ko‘proq muddatda tushib qolsa, undan keyingi qonni nifosga hukm qilinadi. Agar eng kami to‘rt oydan kamrog‘ida tushib qolgan bo‘lsa, yuqoridagi kabi hayzning shartlari topilsa hayz, topilmasa istihozaga hukm qilinadi. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 10:05 | Savol-javoblar | 191 | Ibodatlar