Bu ham yolg‘onmi?

Assalomu alaykum! Abdulloh ibn Omir roziyallohu anhu shunday deydi: “Bir kuni onam meni chaqirdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam biznikida o‘tirgan edilar. «Hoy o‘g‘lim, kelaqol, senga bir narsa beraman», — dedi onam. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam onamdan: “O‘g‘lingga nima bermoqchisan?” – deb so‘radilar. «Xurmo bermoqchiman», — deb javob berdi onam. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam onamga: “Agar sen hech narsa bermaganingda nomai a’molingga “yolg‘on gapirdi” deb yozilar edi” – dedilar.
Bu hadisga binoan, hozirgi zamonimizdagi kichik yoshdagi bolachalarni aldash ham yolg‘on hisoblanadimi? Hozirgi deyarli barcha kichik yoshdagi bolalarni o‘ynatish, onasiga oborib berish, ovutish va boshqa maqsadlarda juda ko‘p yolg‘onlar ishlatiladi-ku. Bular ham nomai amolga yolg‘on sifatida yoziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Albatta yolg‘on deb yoziladi. Aslida har bir soha va o‘rinda shariat ruxsat bergani va man qilgan jihatlar bor. Afsuski insonlar joizini qilib savob olish o‘rniga nojoizni qilib gunohkor bo‘lishni tanlaydilar. Yosh bolaga yolg‘on gapirishni hech qanday hojat yo‘q. O‘sha yosh bolalarga yolg‘on gapirayotganlarning o‘zlarini ota-onalari ularni yolg‘on gapirib katta qilishgan. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 21:01 | Savol-javoblar | 161 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar